MAXFIYLIK SIYoSATI

Mazkur maxfiylik siyosati Muqaddas Kitobni tarjima qilish Instituti tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, Muqaddas Kitob ilovalaridan foydalanadigan insonlarning shaxsiy maʼlumotini sir saqlaydi.

Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti Rossiya va qoʻshni mamlakatlarning koʻplab tillariga tarjima qilingan kitoblarni chop etib, tegishli ilovalarni ishlab chiqaradi. Ushbu ilovalardan foydalanganingizda siz haqingizda qanday maʼlumot yigʻilishi va bu maʼlumotlarni biz qay tarzda ishlatganimiz haqida sizga maxfiylik siyosatimiz orqali xabar beramiz.

ILOVA USKUNANGIZDA IShLAShI UChUN NIMALAR ZARUR?

Muqaddas Kitob ilovalari uskunangizda ishlashi uchun uskuna xotirasidagi maʼlumotlarni oʻqishi/yoza olishi shart. Shunda Muqaddas Kitob audio fayllari uskunangizga yuklanib, saqlanadi va ilovani ishlatilganda ishga tushadi. Buning uchun foydalanuvchi ilovaga ruxsat berishi yoki ruxsat bermasligi mumkin.

BIZ SIZ HAQINGIZDA QANDAY MAʼLUMOT YIGʻIShIMIZ MUMKIN?

Har qanday Muqaddas Kitob ilovasi siz haqingizdagi quyida berilgan shaxsiy maʼlumotni yigʻishi yoki yigʻmasligi mumkin:

  1. Uskuna turi (masalan, iPhone yoki iPad)
  2. Operatsion tizim versiyasi (masalan, iOS 10.3)
  3. Uskuna qaysi mamlatdan internetga ulangani (masalan, Rossiya)
  4. Muqaddas Kitob ilovasiga kiritilgan kitoblaridan qaysi birlari oʻqilmadi
  5. Yuklab olingan audio fayllar.

Muqaddas Kitob ilovalari jismoniy yoki yuridik shaxslarga bevosita yoki bilvosita tarzda tegishli boʻlgan boshqa birorta maʼlumotni yigʻmaydi.

SIZ HAQINGIZDAGI MAʼLUMOTNI BIZ NIMA UChUN IShLATAMIZ?

Yigʻilgan har qanday maʼlumot birinchi navbatda ilovani baholash uchun ishlatiladi, qayerda nechta odam ilovani yuklaganini bilish biz uchun nihoyatda muhim. Ikkinchidan ushbu maʼlumot ilovani yaxshilash maqsadida ishlatiladi, foydalanuvchilarimiz Yer kurrasining qay qismida yashamasinlar, biz ularga sifatli xizmat koʻrsatmoqchimiz.

YIGʻILGAN MAʼLUMOTNI BIZ QAY TARZDA HIMOYA QILAMIZ?

Maʼlumotlarni ruxsatsiz olish, ularni oʻzgartirish, oshkor qilish va yoʻq qilishdan himoya qilish uchun biz tegishli xavfsizlik choralarini qoʻllaymiz, chunonchi, maʼlumotlarni toʻplash, saqlash va qayta ishlash usullarini takomillashtiramiz, shuningdek, maʼlumotlarni saqlaydigan ichki tizimlarni himoya qilish uchun jismoniy xavfsizlik choralarini koʻramiz.

UChINChI ShAXSLARGA BIRON BIR MAʼLUMOTNI BYeRAMIZMI?

Yigʻilgan maʼlumotlarni biz sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz. Faqatgina biz bilan bevosita hamkorlik qiladigan: ilovalarimiz doʻkonini nazorat qiladigan, tadbirkorlik ishimizni yuritadigan va sizga xizmat koʻrsatishimizda yordam beradigan ishonchli tashkilotlargagina maʼlumotlarni berishimiz mumkin.

ROZILIGINGIZ

Muqaddas Kitob ilovalarini ishlatsangiz, demak, bizning maxfiy siyosatimizga rozilik bildirgan boʻlasiz.

MAXFIYLIK SIYoSATIMIZDAGI OʻZGARIShLAR

Agar biz maxfiylik siyosatimizni oʻzgartiradigan boʻlsak, bu haqidagi xabarni ushbu sahifaga joylashtiramiz va quyida koʻrsatilgan sanani yangilaymiz.

BIZ BILAN BOGʻLANISH

Ushbu maxfiylik siyosati bilan bogʻliq savollaringiz boʻlsa, quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Elektron manzil: ibt_inform@ibt.org.ru