Oʻliklar diyoriibroniycha matnda Sheoʻl. 6:6 izohiga qarang.
Deut.6.5; Ps.17.2
Ps.17.5-Ps.17.6
Exod.34.6
Ps.12.6
Ps.55.14
Ps.26.13

ZABUR

Kirish

Zabur kitobi Xudoga bagʻishlangan turli mazmundagi sheʼrlarning majmuasidir. Ularni baʼzan qoʻshiq qilib kuylashgan, baʼzan esa yakka tartibda yoki guruhda ibodat sifatida aytishgan. Kitob 150 ta sanodan iborat boʻlib, aksariyat sanolarning muallifi shoh Dovud hisoblanadi. Sanolar yillar davomida toʻplangan. Isroil xalqining Xudoga sajda qilishida bu sanolar muhim oʻrin egallaydi.
Sanolarda ibroniy sheʼriyatining parallelizm deb atalgan usuli keng qoʻllanilgan. Odatda bu usul biror gʻoyani tasdiqlash, unga urgʻu berish yoki qoʻshimcha maʼno ifodalash maqsadida ishlatiladi. Parallelizm hosil qilishda mazmunan yaqin boʻlgan gaplar juft misralarda birin–ketin, turli soʻzlar bilan takrorlanadi. Misol uchun,
“Ey shohlar! Endi aql bilan ish qiling.
Ey zamin hukmdorlari! Ogoh boʻling.” (2:10)
Sanolarda Muqaddas Kitob tarkibidagi koʻp kitoblarning bosh gʻoyasi oʻz aksini topadi. Bu gʻoyalar hamdu sano, shukrona, imon, umid–ishonch, gunoh oqibatidagi qaygʻu, Xudoning sodiqligi va madadi kabilardan iborat. Barcha sanolarning tub magʻzida Xudoga boʻlgan qattiq ishonch, Unga nisbatan samimiy izzat–hurmat yotadi. Sanolarning ijodkorlari oʻzlarining chinakam his–tuygʻularini ifodalab, Xudoni cheksiz marhamati uchun olqishlaydilar, qiyinchilik paytlarida esa yurakdagi dardlarini toʻkib soladilar.
Qadimgi Isroilda sanolar mazmuniga koʻra turli holatlarda quyidagicha ishlatilgan:
Xudoga hamdu sano aytish uchun (masalan, 104–sano),
qaygʻu–gʻamlarni ifodalash uchun (masalan, 12–sano),
taʼlim berish uchun (masalan, 1–sano),
Isroil shohiga izzat–hurmatini ifoda etish uchun, uning hukmronligi davrida adolat ustun boʻlishini tilab, Xudoga ibodat qilish uchun (masalan, 71–sano),
jamiki borliq ustidan hukmron boʻlgan Xudoning qudratini eʼtirof etish uchun (masalan, 46–sano),
Quddusga boʻlgan sevgini izhor etish uchun (masalan, 121–sano),
bayramlarni nishonlash uchun (masalan, 125–sano).
Albatta, aksariyat sanolardan bittadan ortiq maqsadda foydalanilgan.
Iso Masih vaʼz qilganda va taʼlim berganda sanolardan foydalangan. Yangi Ahd mualliflari ham sanolarning baʼzilarini oʻz kitoblarida qayd etib oʻtganlar. Ilk masihiylar ham sajda qilganlarida, taʼlim berganlarida, Iso Masih haqidagi Xushxabarni boshqalarga hikoya qilib berganlarida sanolardan foydalanganlar.


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:
1 Egamni sevaman, U meni eshitadi,
Mening iltijolarimni U tinglaydi.
2 Quloq berib meni tinglagani uchun
Umrim boʻyi Egamga iltijo qilaman.
3 Meni oʻlim toʻrlari oʻrab oldi,
Oʻliklar diyorining azoblari boshimga tushdi,
Meni bosdi dardu gʻam, alamlar.
4 Shunda Egamga iltijo qildim:
“Ey Egam, yolvoraman, meni qutqargin!”
5 Egamiz mehribon, odildir,
Xudoyimiz rahmdildir.
6 Egamiz sodda insonlarni himoya qiladi,
Xavf–xatarda qolganimda, U meni qutqaradi.
7 Ey jonim, yana xotirjam boʻlgin,
Egam menga ezgulik qilgan.
8 Egam jonimni oʻlimdan qutqarib qoldi,
Koʻzlarimni yosh toʻkishdan,
Oyogʻimni qoqilishdan qutqardi.
9 Tiriklar diyorida ekanman
Egamning yoʻlidan yuraveraman.