…bular vayron boʻladi — milodiy 70 yilda Tit boshchiligida Rim qoʻshini Quddusni va u yerdagi Maʼbadni butunlay vayron qilgan.
Zaytun togʻi21:1 izohiga qarang.
makruh bir narsaDoniyor 9:27 ga va oʻsha oyatning oxirgi izohiga qarang. Yana Doniyor 11:31, 12:11 ga qarang.
Tomning ustida boʻlganlar — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi.
…Shabbat kuniga toʻgʻri kelmasligi uchun… — oʻsha davrda yahudiylarning Shabbat kuni haqidagi qonunni sharhlashlari boʻyicha, Shabbat kunida faqatgina taxminan bir chaqirim joygacha yurish mumkin edi. Agar qochish Shabbat kuniga toʻgʻri kelib qolsa, ularning ahvoli yanada qiyinlashardi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SHABBAT KUNI iborasiga qarang.
Kalxatlar…shu singari, hammaga ayon boʻladiyunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Murda qayerda boʻlsa, kalxatlar ham oʻsha yerda toʻplanadi.
Ishayo 13:10, 34:4 ga qarang.
Inson Oʻgʻli…bulutlarda keladiDoniyor 7:13-14 ga qarang.
oʻsha vaqt — yoki Inson Oʻgʻli.
Oʻgʻil ham…yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida bu soʻzlar yoʻq.
Nuh davridaIbtido 6:5-7:23 ga qarang.
Mark.13.1-Mark.13.13; Luke.21.5-Luke.21.19
Luke.19.44
1John.3.7; Col.2.8; 2Thess.2.3
Jer.14.14
Jer.51.46
2Chr.15.6; Rev.6.4; Acts.11.28; Rev.6.8; Rev.6.12
Matt.10.22; John.15.18
Matt.10.21
Matt.7.15
Jas.5.11; Rev.2.10
Matt.28.19; Rom.10.18; Col.1.6; Col.1.23
Mark.13.14-Mark.13.23; Luke.21.20-Luke.21.24
Dan.9.27; Dan.11.31; Dan.12.11
Luke.17.31
Luke.23.29
Jer.30.7; Dan.12.1; Rev.16.18
Isa.65.8; Luke.18.7
Luke.17.23
Deut.13.1; 2Thess.2.9; Rev.13.13; Rev.16.14
John.13.19; John.14.29
Luke.17.24
Luke.17.37
Mark.13.24-Mark.13.27; Luke.21.25-Luke.21.28
Amos.8.9; Isa.13.10; Isa.13.13; Isa.34.4; Joel.2.31; Hag.2.6; Acts.2.20; Rev.6.13
Dan.7.13; Matt.16.27; Zech.12.10-Zech.12.12
Isa.27.13; 1Cor.15.52; 1Thess.4.16; Rev.11.15; Matt.13.41; 2Thess.2.1
Mark.13.28-Mark.13.31; Luke.21.29-Luke.21.33
Matt.16.28
Ps.101.26-Ps.101.27; Isa.51.6; 2Pet.3.10
Mark.13.32-Mark.13.37; Luke.12.38-Luke.12.40; Luke.17.26-Luke.17.30; Luke.17.34-Luke.17.36
Zech.14.7
Gen.6.5
Gen.7.21
Zech.14.2
Matt.25.13
2Pet.3.10; 1Thess.5.2
Rev.3.3; Rev.16.15
Luke.12.42-Luke.12.48
Matt.25.21; John.13.17
Matt.25.5
Matt.8.12

MATTO

BAYON ETGAN MUQADDAS

XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning birinchisidir. Bu kitob muallifi Isoning oʻn ikki shogirdidan biri boʻlgan Mattodir. U oʻz Ustozining hayoti va faoliyatini batafsil bayon etadi.
Eski Ahd bitiklari Isroil xalqi uchun katta ahamiyatga egaligini bilgan muallif, paygʻambarlarning bashoratlariga asoslangan holda, Isoning Xudo tomonidan yuborilgan Masih, yaʼni najot beruvchi tanlangan Shoh ekanini isbotlab beradi. Shuningdek, u Isoni buyuk Ustoz deb taʼriflaydi. Xudoning qonunlarini mukammal bilgan Iso Osmon Shohligi haqida xalqqa koʻp taʼlim beradi.
Mattoning bu kitobni yozishdan maqsadi masihiylarning eʼtiqodi Eski Ahd bitiklariga mustahkam asoslanganini koʻrsatish edi. Shu orqali u masihiylarga imonda oʻsishlari uchun zamin yaratmoqchi boʻladi. Mazkur kitob Eski Ahdni Yangi Ahd bilan chambarchas bogʻlab turadi. Muallif Eski Ahddagi bashoratlarga koʻp ahamiyat bergani sababli, bu kitob birinchi navbatda yahudiy kitobxonlari uchun yozilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Kitobda yahudiy urf–odatlari sharhlanmagan, balki koʻp ibroniycha terminlardan foydalanilgan. Kitob Iso Masihning nasabnomasi bilan boshlangan, nasabnomaga Ibrohimdan boshlab Isogacha boʻlgan nasllar kiritilgan. Isoning “Dovud Oʻgʻli” ekaniga katta eʼtibor berilgan.
Kitobdagi “Haqiqiy baxtiyorlik” (5:1-12), “Bizning osmondagi Otamiz” ibodati (6:9-13) va “Oltin qoida” (7:12) kabi parchalar nihoyatda mashhur boʻlib, odamlarga yod boʻlib ketgan. Shular bilan bir qatorda, Isoning kitobga yakun yasagan quyidagi Buyuk topshirigʻi ham odamlar orasida keng tanilgan: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga oʻrgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birgaman.” (28:18-20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Iso oxirzamon haqida gapiradi

1 Iso Maʼbaddan chiqib ketayotganda, shogirdlari kelib, Isoning diqqatini Maʼbadning binolariga qaratdilar.
2 Iso ularga dedi:
— Bularning hammasini koʻryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bular vayron boʻladi. Bu yerda tosh ustida turgan bironta tosh qolmaydi.
3 Iso bir Oʻzi Zaytun togʻida oʻtirganda, shogirdlari Uning yoniga kelib, soʻrashdi:
— Bizlarga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Sizning kelishingizni va oxirzamon yaqinlashganini nimadan bilsak boʻladi?
4 Iso ularga shunday javob berdi: “Ehtiyot boʻlinglar, hech kim sizlarni yoʻldan ozdirmasin!
5 Chunki koʻp kishilar oʻzlarini Mening nomim bilan atab: «Men Masihman», — deb bir qancha odamni yoʻldan ozdiradilar.6 Sizlar uzoq–yaqindagi urush xabarlarini eshitasizlar. Biroq choʻchimanglar! Bular sodir boʻlishi shart, ammo bu hali oxiri degani emas.7 Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi koʻtariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar boʻladi.8 Bu hodisalar toʻlgʻoq azoblarining boshlanishiga oʻxshaydi.
9 Oʻshanda sizlarni qiynash va oʻldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli hamma xalqlar sizlardan nafratlanadi.
10 Shunda koʻplar imondan qaytadi, ular bir–birini sotib, bir–biridan nafratlanadi.11 Koʻp soxta paygʻambarlar paydo boʻladi, ular koʻplarni yoʻldan uradi.12 Yomonlik koʻpaygani uchun odamlar orasida mehr–oqibat yoʻqoladi.13 Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi.14 Osmon Shohligi toʻgʻrisidagi Xushxabar butun dunyo boʻylab vaʼz qilinadi, hamma xalqlar uni eshitadi. Shundagina oxirzamon keladi.

Buyuk musibat va Isoning kelishi

15 Doniyor paygʻambar aytganiday, koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh bir narsaning muqaddas joyda turganini koʻrganingizda — oʻqigan tushunib olsin! —
16 Yahudiyada boʻlganlar togʻlarga qochishsin.17 Tomning ustida boʻlganlar uyidan biron narsa olish uchun pastga tushmasin.18 Dalada boʻlganlar esa toʻnini olgani qaytib kelmasin.19 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy!20 Qochishingiz qishga yoki Shabbat kuniga toʻgʻri kelmasligi uchun iltijo qilinglar.21 Chunki oʻsha vaqtda shunday azob–uqubatlar boʻladiki, dunyo yaratilgandan to hozirgacha bunaqasi boʻlmagan va qaytib sodir boʻlmaydi.22 Lekin tanlangan odamlar uchungina u kunlar qisqartiriladi. Agar oʻsha kunlar qisqartirilmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmasdi.23 Agar oʻshanda kimdir sizlarga: «Masih mana bu yerda» yoki: «Ana u yerda», deb aytsa, ishonmanglar.24 Chunki soxta masihlar va soxta paygʻambarlar paydo boʻlib, iloji boʻlsa, tanlangan odamlarni ham yoʻldan ozdirish uchun buyuk alomatu moʻjizalar koʻrsatadilar.25 Mana, Men sizlarga oldindan aytib qoʻydim.
26 Shunday qilib, agar ular sizlarga: «Qaranglar! U sahroda!» deb aytsalar, bormanglar. Agar ular: «U yashirin joyda», deb aytsalar, ishonmanglar.
27 Chunki Inson Oʻgʻli kelganda, Uni hamma koʻradi. U sharqdan gʻarbga qadar butun osmonni yoritib yuborgan chaqmoqday boʻladi.
28 Kalxatlar toʻplangan joyda murda boʻlishini hamma biladi. Mening kelishim ham shu singari, hammaga ayon boʻladi.
29 Oʻsha kunlardagi azob–uqubatlar oʻtishi bilanoq,
«Quyosh qorayadi, oyning nuri soʻnadi.
Osmondan yulduzlar qulab tushadi,
Samoviy kuchlar larzaga keladi.»
30 Oʻshanda Inson Oʻgʻlining alomati osmonda namoyon boʻladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar qaygʻuradi. Shunda hamma odamlar Inson Oʻgʻlini koʻradi. Inson Oʻgʻli qudratga va buyuk ulugʻvorlikka burkanib, bulutlarda keladi.
31 Karnayning baland sadosi ostida U farishtalarini yerning toʻrt tomoniga yuboradi. Ular dunyoning bir burchagidan tortib, narigi burchagigacha tanlangan odamlarni toʻplab olishadi.

Hushyor boʻlish haqida

32 Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari koʻkarib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar.
33 Shu singari, mana bu voqealar sodir boʻlganda, bilingki, oʻsha vaqt yaqinlashib qolgan, ostonangizda turibdi.34 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl oʻtmasdanoq, bularning hammasi sodir boʻladi.35 Yeru osmon yoʻq boʻlib ketadi, ammo Mening soʻzlarim kuchda qoladi.
36 Oʻsha kun va soat haqida samoviy Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. Oʻgʻil ham, samodagi farishtalar ham bilmaydilar.
37 Nuh davrida qanday boʻlgan boʻlsa, Inson Oʻgʻli kelishida ham shunday boʻladi.38 Toʻfongacha boʻlgan davrda odamlar yeb–ichardilar, uylanib, turmushga chiqardilar. Nuh kemaga kirgunga qadar hayot shu zaylda davom etardi.39 Toʻfon kelib, ularning hammasini yuvib ketmaguncha, ular hamma narsadan bexabar edilar. Inson Oʻgʻli kelganda ham xuddi shunday boʻladi.40 Oʻshanda ikki kishi dalada boʻladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.41 Tegirmon tortayotgan ikki ayol boʻladi, biri olinadi, biri qoldiriladi.
42 Shuning uchun hushyor boʻlinglar. Men — Rabbingiz qaysi kuni kelishimni sizlar bilmaysizlar.
43 Ammo shuni bilib qoʻyingki, agar uy egasi tunning qay paytida oʻgʻri kelishini bilganda edi, u uygʻoq oʻtirib, oʻgʻrining uyga buzib kirishiga yoʻl qoʻymagan boʻlardi.44 Shunga oʻxshab, sizlar ham tayyor turinglar, chunki Inson Oʻgʻli sizlar kutmagan vaqtda keladi.

Sadoqatli va sadoqatsiz xizmatkor haqida masal

45 Ishonchli va dono xizmatkor kim? Xoʻjayin bunday odamni boshqa xizmatkorlariga boshliq qilib qoʻyadi, ularga oʻz vaqtida ovqat tarqatishni unga topshiradi.
46 Xoʻjayin uyga qaytganda oʻsha xizmatkorini yumush ustida koʻrsa, xizmatkor naqadar baxtlidir!47 Sizlarga chinini aytay: xoʻjayin oʻsha xizmatkorini butun mulki ustidan boshqaruvchi qilib qoʻyadi.
48 Bordi–yu, u xizmatkor yomon boʻlib, koʻnglida: «Xoʻjayinim hali beri qaytib kelmaydi» deb,
49 boshqa xizmatkorlarni ura boshlasa va sharobxoʻrlar bilan yeb–ichsa,50 xizmatkor kutmagan kunda, oʻylamagan soatda xoʻjayini kelib qoladi.51 U xizmatkorini qattiq jazolab, boshiga ikkiyuzlamachilarning kunini soladi. Shunda xizmatkor qattiq pushaymon boʻlib, figʻon chekadi.