shu kichiklarning birontasi — Iso Masihga imon keltirgan odamlar, ayniqsa kichik bola singari, ojiz va qarovga muhtoj boʻlganlar nazarda tutilgan.
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 11–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Inson Oʻgʻli esa adashib gumroh boʻlganlarni qutqarish uchun kelgan.
Qonunlar 19:15 ga qarang.
jamoat — maʼlum bir joydagi masihiylar guruhi nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi JAMOAT soʻziga qarang.
soliqchi5:46 izohiga qarang.
yetmish karra yetti marta — majoziy maʼnoda ishlatilgan ibora, maʼnosi har doim.
ming–minglab tilla tangayunoncha matnda oʻn ming talant. Bir talantning qiymati mardikorning oʻn besh yillik ish haqidan ham koʻproq edi.
yuz kumush tangayunoncha matnda yuz dinor. Dinor Rim kumush tangasi boʻlib, mardikorning bir kunlik ish haqi edi.
Mark.9.33-Mark.9.37; Mark.9.42-Mark.9.48; Luke.9.46-Luke.9.48; Luke.17.1-Luke.17.2
1Cor.14.20; Matt.19.16
Matt.10.40; Luke.10.16; John.13.20
Matt.26.24
Matt.5.30; Matt.25.41; Rev.20.10
Isa.66.24; Matt.5.29
Luke.15.3-Luke.15.7
John.6.39
Luke.17.3
Lev.19.17; Jas.5.19; Gal.6.1
Deut.19.15; 2Cor.13.1
Matt.5.46-Matt.5.47; Titus.3.10
Matt.7.7-Matt.7.8
Luke.17.4
Lev.25.39-Lev.25.41; 2Kgs.4.1; Neh.5.5
Prov.28.3
Matt.6.15; Jas.2.13

MATTO

BAYON ETGAN MUQADDAS

XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning birinchisidir. Bu kitob muallifi Isoning oʻn ikki shogirdidan biri boʻlgan Mattodir. U oʻz Ustozining hayoti va faoliyatini batafsil bayon etadi.
Eski Ahd bitiklari Isroil xalqi uchun katta ahamiyatga egaligini bilgan muallif, paygʻambarlarning bashoratlariga asoslangan holda, Isoning Xudo tomonidan yuborilgan Masih, yaʼni najot beruvchi tanlangan Shoh ekanini isbotlab beradi. Shuningdek, u Isoni buyuk Ustoz deb taʼriflaydi. Xudoning qonunlarini mukammal bilgan Iso Osmon Shohligi haqida xalqqa koʻp taʼlim beradi.
Mattoning bu kitobni yozishdan maqsadi masihiylarning eʼtiqodi Eski Ahd bitiklariga mustahkam asoslanganini koʻrsatish edi. Shu orqali u masihiylarga imonda oʻsishlari uchun zamin yaratmoqchi boʻladi. Mazkur kitob Eski Ahdni Yangi Ahd bilan chambarchas bogʻlab turadi. Muallif Eski Ahddagi bashoratlarga koʻp ahamiyat bergani sababli, bu kitob birinchi navbatda yahudiy kitobxonlari uchun yozilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Kitobda yahudiy urf–odatlari sharhlanmagan, balki koʻp ibroniycha terminlardan foydalanilgan. Kitob Iso Masihning nasabnomasi bilan boshlangan, nasabnomaga Ibrohimdan boshlab Isogacha boʻlgan nasllar kiritilgan. Isoning “Dovud Oʻgʻli” ekaniga katta eʼtibor berilgan.
Kitobdagi “Haqiqiy baxtiyorlik” (5:1-12), “Bizning osmondagi Otamiz” ibodati (6:9-13) va “Oltin qoida” (7:12) kabi parchalar nihoyatda mashhur boʻlib, odamlarga yod boʻlib ketgan. Shular bilan bir qatorda, Isoning kitobga yakun yasagan quyidagi Buyuk topshirigʻi ham odamlar orasida keng tanilgan: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga oʻrgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birgaman.” (28:18-20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Xudo oldida kim buyuk?

1 Shu payt shogirdlar Isoning oldiga kelib: “Osmon Shohligida eng kattasi kim boʻladi?” — deb soʻradilar.
2 Iso yoniga bir bolani chaqirdi, uni oʻrtalarida turgʻizib,
3 dedi: “Sizlarga chinini aytayin: agar sizlar oʻzgarmasangiz va bolalarday boʻlmasangiz, hech qachon Osmon Shohligiga kira olmaysizlar.4 Agar oʻzingizni mana shu bola singari, past tutsangiz, Osmon Shohligida eng kattasi boʻlasiz.5 Kim shunday bir bolani Mening nomimdan qabul qilsa, Meni qabul qilgan boʻladi.

Vasvasa va gunoh haqida

6 Menga ishongan shu kichiklarning birontasini yoʻldan ozdirgan odamning holiga voy. Bunday qilgandan koʻra, oʻsha odamning boʻyniga tegirmon toshini osib, dengiz tubiga choʻktirilgani oʻzi uchun yaxshiroq boʻlar edi.
7 Odamlarni yoʻldan ozdiradigan vasvasalar dastidan bu dunyoning holiga voy! Vasvasalar albatta keladi, lekin vasvasaga sababchi boʻlgan odamning holiga voy!
8 Agar yoʻldan ozishingga qoʻling yoki oyogʻing sababchi boʻlsa, uni chopib tashlab, uloqtirib yubor. Ikki qoʻl yoki ikki oyoq bilan abadiy olovga tashlangandan koʻra, mayib yoki choʻloq boʻlib abadiy hayotdan bahramand boʻlganing yaxshiroqdir.
9 Agar yoʻldan ozishingga koʻzing sababchi boʻlsa, uni oʻyib olib, uloqtirib yubor. Ikki koʻzing bilan doʻzax oloviga tushgandan koʻra, bir koʻzing bilan abadiy hayotdan bahramand boʻlganing yaxshiroqdir.

Adashgan qoʻy haqida masal

10-11 Ehtiyot boʻlinglar, bu kichiklardan birontasini ham xor qilmanglar. Sizlarga shuni aytay: samoda ularning farishtalari doimo samoviy Otamning jamolini koʻrib turadi.
12 Nima deb oʻylaysiz: agar bir odamning yuzta qoʻyi boʻlsa–yu, ulardan biri adashib qolsa, u toʻqson toʻqqiztasini togʻlarda qoldirib, adashib qolganini izlab ketmaydimi?!13 Agarda uni topib olsa, sizga chinini aytay: adashmagan toʻqson toʻqqiztasidan koʻra, shu bitta qoʻy uchun u koʻproq sevinadi.14 Shu singari osmondagi Otangiz ham bu kichiklardan birontasining yoʻqolib qolishini istamaydi.

Gunoh qilgan birodarga munosabat

15 Agar birodaringiz sizga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga boring. U bilan yakka holda gaplashib aybini yuziga ayting. Agar u sizga quloq solsa, siz orangizdagi birodarlik rishtalarini tiklagan boʻlasiz.
16 Agar sizga quloq solmasa, oʻzingiz bilan yana bir yoki ikki kishini olib boring, chunki «har bir masala ikkita yoki uchta guvohning soʻzlari asosida koʻrib chiqiladi.»17 Agar birodaringiz ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayting. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni butparast yoki soliqchi deb hisoblab, u bilan aloqani uzing.
18 Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimani taqiqlasangizlar, samoda ham taqiqlanadi. Yer yuzida sizlar nimaga ijozat bersangizlar, samoda ham ijozat beriladi.
19 Sizlarga yana shuni ham aytay: oralaringizdan ikkitangiz yakdil boʻlib biron narsa uchun ibodat qilsangizlar, osmondagi Otam tilagingizni bajaradi.20 Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yigʻilsa, Men oʻsha yerda ularning orasida boʻlaman.”

Rahmsiz xizmatkor haqida masal

21 Shundan keyin Butrus kelib Isoga dedi: “Hazrat, agar birodarim menga qarshi gunoh qilsa, uni necha marta kechiray? Yetti martami?”
22 “Sizlarga shuni aytay: yetti marta emas, — dedi Iso, — balki yetmish karra yetti marta.
23 Shu sababli Osmon Shohligini bir shohga qiyoslash mumkin. Shoh oʻz xizmatkorlari bilan hisob–kitob qilmoqchi boʻlibdi.24 Hisob–kitobni boshlaganda, uning huzuriga ming–minglab tilla tanga qarzdor boʻlgan xizmatkorini olib kelibdilar.25 Lekin qarz toʻlashga qurbi yetmagani uchun shoh unga:
— Oʻzingni, xotiningni, bolalaringni va butun mol–mulkingni sotib, qarzingni toʻlaysan, — deb buyuribdi.
26 Xizmatkor shohning oyogʻiga yiqilib:
— Ozgina sabr qiling, hamma qarzimni toʻlayman, — debdi.
27 Xizmatkoriga shohning rahmi kelibdi. Shoh uni qoʻyib yuborib, qarzidan kechibdi.
28 Xizmatkor esa tashqariga chiqib, oʻzidan yuz kumush tanga qarzdor boʻlgan bir sherigini uchratib qolibdi. Uni yoqasidan olib:
— Qarzingni toʻla! — deb boʻgʻa boshlabdi.
29 Sherigi esa uning oyoqlariga yiqilib:
— Ozgina sabr qiling, qarzimni toʻlayman, — deb yolvoribdi.
30 Ammo u koʻnmabdi:
— Qarzingni toʻlamaguningcha zindonda yotasan, — deb sherigini qamatib qoʻyibdi.
31 Boshqa xizmatkorlar yuz bergan voqeani koʻrib, xafa boʻlibdilar. Shohning huzuriga borib, hammasini aytib beribdilar.
32 Shunda shoh xizmatkorini huzuriga chaqirib:
— Ey yaramas xizmatkor! — debdi. — Menga yolvorganing uchun barcha qarzingdan kechdim.
33 Men senga rahm qilganimday, sen ham sherigingga rahm qilsang boʻlmasmidi?!
34 Gʻazablangan shoh xizmatkorini zindonbonning qoʻliga topshirib:
— Hamma qarzini toʻlamaguncha unga azob beringlar, — deb buyuribdi.
35 Xullas, agar sizlar birodaringizni chin dildan kechirmasangiz, osmondagi Otam sizlarni ham shu koʻyga soladi.”