Iso Masihning nasabnomasishu bobning 1-16–oyatlarida Isoning Yusuf orqali boʻlgan nasabnomasi keltirilgan. Mazkur roʻyxatdagi …dan…tugʻildi degan ibora maʼnosi uning avlodi edi boʻlishi ham mumkin. Odatda Muqaddas Kitobda berilgan nasabnomalarda hamma nasllarning toʻliq roʻyxati berilmay, faqat maʼlum bir avlodning maʼlum bir ajdoddan kelib chiqqani koʻrsatiladi. Baʼzi hollarda esa biror nasabdan tarqalgan nasllarning sonini koʻrsatish maqsadida nasabnomaga ismlar kiritiladi (shu bobning 17–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
Ramyunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Aram (shu bobning 4–oyatida ham bor). Uning Ram degan shakli 1 Solnomalar 2:9-10 dan olingan.
…Yohuram…Yohuram…yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Yoram. Uning Yohuram degan shakli 3 Shohlar 22:50 dan olingan.
Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davr — miloddan oldingi 586 yilda Bobil shohi Navuxadnazar Quddusni vayron qilib, aholining asosiy qismini Bobilga surgun qilgan edi (4 Shohlar 25:1-21 ga qarang).
Yohayixinyunoncha matnda Yoxoniyo, Yohayixinning yana bir ismi. Shu bobning 12–oyatida ham bor.
Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yoʻshiyo Yohayixinni va boshqa oʻgʻil farzandlarni koʻrdiyunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Yoʻshiyodan Yohayiqim tugʻildi. Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda Yohayiqim Yohayixinni va boshqa oʻgʻil farzandlarni koʻrdi. Yoʻshiyo Yohayixinning bobosi edi.
Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin… — miloddan oldingi 539 yilda Fors shohi Kurush Bobilni bosib oldi. Keyingi yili u Bobilda surgunda yashayotgan yahudiylarga Quddusga qaytib borishga va Maʼbadni qayta qurishga ijozat berdi (2 Solnomalar 36:20-23, Ishayo 44:28-45:4 ga qarang).
ZarubabelXaggey 1:1 ning oxirgi izohiga qarang.
…oʻn toʻrt nasl…oʻn toʻrt nasl…oʻn toʻrt nasldir — bu sonning qanday ramziy maʼnosi borligi bahsli. Oʻn toʻrt soni toʻliqlikka yoki barkamollikka nisbatan tanlangan boʻlishi mumkin, chunki yettini ikkiga koʻpaytirsa, oʻn toʻrt boʻladi. Yetti soni esa barkamollik ramzidir. Oʻn toʻrt soni Dovud uchun timsol qilib tanlangan boʻlishi ham mumkin, chunki ibroniy tilida har bir harf maʼlum bir sonni ifodalaydi va Dovud ismining ibroniycha harflarini ifodalaydigan sonlar qoʻshilganda oʻn toʻrt soni hosil boʻladi. Bular muallifning maqsadiga mos keladi, zotan u Isoning haqiqiy Masih — Dovudning oʻgʻli ekanligini koʻrsatmoqchi.
Isoyunoncha matnda Iisus, bu ism ibroniycha Yoshua ismidan olingan boʻlib, Egamiz qutqaradi maʼnosini ifodalaydi.
Muallif bu oʻrinda Ishayo 7:14 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan. Bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha qiz soʻzi Ishayo 7:14 da ishlatilgan ibroniycha soʻzga oʻxshab, yosh ayolga yoki bokira qizga ishora qilishi mumkin (Ishayo 7:14 ning birinchi izohiga qarang). “Bokira qiz” iborasi Maryamni aniq tasvirlaydi, chunki Maryam er koʻrmagan edi.
Oʻgʻilyunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida toʻngʻich oʻgʻli.
Luke.3.23-Luke.3.28
Gen.22.18; 2Sam.7.12-2Sam.7.13
Gen.21.3; Gen.25.6; Gen.29.35
Gen.38.1-Gen.38.30; Num.26.21; 1Chr.2.9
Ruth.4.18-Ruth.4.22
Josh.2.1; Josh.6.24
1Sam.17.12; Isa.11.1; 2Sam.11.3; 2Sam.12.24
1Chr.3.10-1Chr.3.14
2Chr.26.1
1Chr.3.16; 2Chr.36.1; 2Kgs.24.14-2Kgs.24.15
1Chr.3.17-1Chr.3.19; Ezra.3.2; Hag.1.1
Luke.1.27
Luke.2.1-Luke.2.7
Luke.1.27; Luke.1.35
Deut.22.23-Deut.22.24; Deut.24.1
Isa.49.1; Luke.1.31; Acts.4.12; Acts.13.38
Isa.7.14; Matt.2.14; Matt.4.14; Matt.21.4; Matt.26.56; Mark.14.49; John.19.36; Isa.8.8; Isa.8.10

MATTO

BAYON ETGAN MUQADDAS

XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning birinchisidir. Bu kitob muallifi Isoning oʻn ikki shogirdidan biri boʻlgan Mattodir. U oʻz Ustozining hayoti va faoliyatini batafsil bayon etadi.
Eski Ahd bitiklari Isroil xalqi uchun katta ahamiyatga egaligini bilgan muallif, paygʻambarlarning bashoratlariga asoslangan holda, Isoning Xudo tomonidan yuborilgan Masih, yaʼni najot beruvchi tanlangan Shoh ekanini isbotlab beradi. Shuningdek, u Isoni buyuk Ustoz deb taʼriflaydi. Xudoning qonunlarini mukammal bilgan Iso Osmon Shohligi haqida xalqqa koʻp taʼlim beradi.
Mattoning bu kitobni yozishdan maqsadi masihiylarning eʼtiqodi Eski Ahd bitiklariga mustahkam asoslanganini koʻrsatish edi. Shu orqali u masihiylarga imonda oʻsishlari uchun zamin yaratmoqchi boʻladi. Mazkur kitob Eski Ahdni Yangi Ahd bilan chambarchas bogʻlab turadi. Muallif Eski Ahddagi bashoratlarga koʻp ahamiyat bergani sababli, bu kitob birinchi navbatda yahudiy kitobxonlari uchun yozilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Kitobda yahudiy urf–odatlari sharhlanmagan, balki koʻp ibroniycha terminlardan foydalanilgan. Kitob Iso Masihning nasabnomasi bilan boshlangan, nasabnomaga Ibrohimdan boshlab Isogacha boʻlgan nasllar kiritilgan. Isoning “Dovud Oʻgʻli” ekaniga katta eʼtibor berilgan.
Kitobdagi “Haqiqiy baxtiyorlik” (5:1-12), “Bizning osmondagi Otamiz” ibodati (6:9-13) va “Oltin qoida” (7:12) kabi parchalar nihoyatda mashhur boʻlib, odamlarga yod boʻlib ketgan. Shular bilan bir qatorda, Isoning kitobga yakun yasagan quyidagi Buyuk topshirigʻi ham odamlar orasida keng tanilgan: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga oʻrgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birgaman.” (28:18-20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:
← Oldingi bob / Keyingi bob

Iso Masihning nasl–nasabi

1 Ibrohim va Dovud avlodidan boʻlgan Iso Masihning nasabnomasi quyidagicha:

Ibrohimdan Dovudgacha

2 Ibrohimdan Isʼhoq tugʻildi.
Isʼhoqdan Yoqub tugʻildi.
Yoqubdan Yahudo va uning aka–ukalari tugʻildilar.
3 Yahudo va Tamaradan Paraz va Zerax tugʻildilar.
Parazdan Xazron tugʻildi.
Xazrondan Ram tugʻildi.
4 Ramdan Ominadav tugʻildi.
Ominadavdan Naxshoʻn tugʻildi.
Naxshoʻndan Salmoʻn tugʻildi.
5 Salmoʻn va Rahobadan Boʻaz tugʻildi.
Boʻaz va Rutdan Obid tugʻildi.
Obiddan Essay tugʻildi.
6 Essaydan shoh Dovud tugʻildi.

Dovud davridan Isroil xalqi Bobilga surgun boʻlgan davrgacha

Dovud va Uriyoning sobiq xotinidan Sulaymon tugʻildi.
7 Sulaymondan Raxabom tugʻildi.
Raxabomdan Abiyo tugʻildi.
Abiyodan Oso tugʻildi.
8 Osodan Yohushafat tugʻildi.
Yohushafatdan Yohuram tugʻildi.
Yohuramdan Uzziyo tugʻildi.
9 Uzziyodan Yoʻtom tugʻildi.
Yoʻtomdan Oxoz tugʻildi.
Oxozdan Hizqiyo tugʻildi.
10 Hizqiyodan Manashe tugʻildi.
Manashedan Omon tugʻildi.
Omondan Yoʻshiyo tugʻildi.
11 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingan davrda
Yoʻshiyo Yohayixinni va boshqa oʻgʻil farzandlarni koʻrdi.

Isroil xalqi Bobilga surgun boʻlgan davrdan Iso davrigacha

12 Isroil xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin
Yohayixindan Shaltiyol tugʻildi.
Shaltiyoldan Zarubabel tugʻildi.
13 Zarubabeldan Abihud tugʻildi.
Abihuddan Eliyaqim tugʻildi.
Eliyaqimdan Azzur tugʻildi.
14 Azzurdan Zodoʻx tugʻildi.
Zodoʻxdan Oxiyom tugʻildi.
Oxiyomdan Elihud tugʻildi.
15 Elihuddan Elazar tugʻildi.
Elazardan Matton tugʻildi.
Mattondan Yoqub tugʻildi.
16 Yoqubdan Maryamning eri Yusuf tugʻildi.
Maryamdan esa Masih deb atalgan Iso tugʻildi.
17 Shunday qilib, Ibrohimdan Dovudgacha hammasi boʻlib oʻn toʻrt nasl, Dovuddan to xalq Bobilga surgun qilingungacha oʻn toʻrt nasl va surgunlik davridan to Masih tugʻilgungacha oʻn toʻrt nasldir.

Iso Masihning tugʻilishi

18 Iso Masihning tugʻilishi shunday sodir boʻldi: Isoning onasi Maryam Yusufga unashtirib qoʻyilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekanini bildi.
19 Maryamning boʻlgʻusi eri Yusuf solih odam boʻlib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, birovga bildirmasdan fotihasini buzmoqchi boʻldi.20 Yusuf bu haqda oʻylab yurganda, Egamizning bir farishtasi unga tushida zohir boʻlib dedi: “Ey Dovud oʻgʻli Yusuf! Maryamga uylanishdan qoʻrqma, chunki qornidagi Bola Muqaddas Ruhdan paydo boʻlgan.21 Maryam oʻgʻil tugʻadi, Uning ismini Iso qoʻyasan, chunki U Oʻz xalqini gunohlardan qutqaradi.”
22 Bu barcha voqealar Egamizning paygʻambar orqali aytgan quyidagi soʻzlari bajo boʻlishi uchun yuz bergan edi:
23 “Qiz homilador boʻladi, u oʻgʻil tugʻadi,
Uning ismini Immanuil deb qoʻyishadi.”
Immanuil “Xudo biz bilan” deganidir.
24 Yusuf uygʻonib ketdi. Egamizning farishtasi buyurgandek, u Maryamga uylandi.
25 Ammo Maryam Oʻgʻilni tugʻmaguncha Yusuf Maryamga yaqinlashmadi. Bola tugʻilganda esa Yusuf Unga Iso deb ism qoʻydi.
← Oldingi bob / Keyingi bob