Tavrot va paygʻambarlar taʼlimoti5:17 izohiga qarang.
Tavrot tafsirchilariyunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Tavrot tafsirchilari va farziylar.
…Tavrot tafsirchilariday emas… — odatda bu odamlar taʼlim berganda oʻz taʼlimotlarini asoslab berish maqsadida avval yashab oʻtgan eʼtiborli, obroʻli muallimlarning soʻzlarini misol qilib keltirar edilar, ammo Iso bunday qilmagan.
Luke.6.37-Luke.6.38; Luke.6.41-Luke.6.42
Rom.14.10; 1Cor.4.5; Jas.4.12
Mark.4.24; Rom.2.1
Matt.15.26
Luke.11.9-Luke.11.13
Prov.8.17; Matt.18.19; Matt.21.22; Mark.11.24; John.14.13-John.14.14; 1John.3.22; 1John.5.14
Gen.6.5; Matt.12.34
Luke.6.31; Matt.22.40; Gal.5.14
Luke.13.24
Ps.15.11
Luke.6.43-Luke.6.44; Luke.13.25-Luke.13.27
Deut.13.1-Deut.13.3; Jer.14.14; Jer.23.16; Matt.24.11; Mark.13.22; Acts.13.6; 2Pet.2.1; 1John.4.1; Acts.20.29
Jas.2.18
Matt.12.33-Matt.12.35
Matt.3.10
Hos.8.2
Matt.25.11; Luke.6.46; John.13.13; Mark.9.38; Luke.9.49
Ps.6.9; Matt.25.41
Luke.6.47-Luke.6.49
Prov.10.25
Mark.1.22; Luke.4.32

MATTO

BAYON ETGAN MUQADDAS

XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning birinchisidir. Bu kitob muallifi Isoning oʻn ikki shogirdidan biri boʻlgan Mattodir. U oʻz Ustozining hayoti va faoliyatini batafsil bayon etadi.
Eski Ahd bitiklari Isroil xalqi uchun katta ahamiyatga egaligini bilgan muallif, paygʻambarlarning bashoratlariga asoslangan holda, Isoning Xudo tomonidan yuborilgan Masih, yaʼni najot beruvchi tanlangan Shoh ekanini isbotlab beradi. Shuningdek, u Isoni buyuk Ustoz deb taʼriflaydi. Xudoning qonunlarini mukammal bilgan Iso Osmon Shohligi haqida xalqqa koʻp taʼlim beradi.
Mattoning bu kitobni yozishdan maqsadi masihiylarning eʼtiqodi Eski Ahd bitiklariga mustahkam asoslanganini koʻrsatish edi. Shu orqali u masihiylarga imonda oʻsishlari uchun zamin yaratmoqchi boʻladi. Mazkur kitob Eski Ahdni Yangi Ahd bilan chambarchas bogʻlab turadi. Muallif Eski Ahddagi bashoratlarga koʻp ahamiyat bergani sababli, bu kitob birinchi navbatda yahudiy kitobxonlari uchun yozilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Kitobda yahudiy urf–odatlari sharhlanmagan, balki koʻp ibroniycha terminlardan foydalanilgan. Kitob Iso Masihning nasabnomasi bilan boshlangan, nasabnomaga Ibrohimdan boshlab Isogacha boʻlgan nasllar kiritilgan. Isoning “Dovud Oʻgʻli” ekaniga katta eʼtibor berilgan.
Kitobdagi “Haqiqiy baxtiyorlik” (5:1-12), “Bizning osmondagi Otamiz” ibodati (6:9-13) va “Oltin qoida” (7:12) kabi parchalar nihoyatda mashhur boʻlib, odamlarga yod boʻlib ketgan. Shular bilan bir qatorda, Isoning kitobga yakun yasagan quyidagi Buyuk topshirigʻi ham odamlar orasida keng tanilgan: “Yeru osmondagi butun hokimiyat Menga berilgan. Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird orttiringlar. Ularni Ota, Oʻgʻil va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga choʻmdiringlar. Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga oʻrgatinglar. Zotan, Men har doim, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birgaman.” (28:18-20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Boshqalarni hukm qilmanglar

1 Boshqalarni hukm qilishni bas qilinglar, shunda Xudo ham sizlarni hukm qilmaydi.
2 Sizlar boshqalarni qanday hukm qilsangizlar, Xudo ham sizlarni xuddi shunday hukm qiladi. Sizlar boshqalarni hukm qilganda qanday oʻlchovdan foydalansangizlar, Xudo ham sizni hukm qilganda xuddi oʻshanday oʻlchovdan foydalanadi.3 Nega sen birodaringning koʻzidagi zirapchani koʻrasan–u, oʻz koʻzingdagi xodani sezmaysan?4 Oʻz koʻzingda xoda boʻla turib, qanday qilib birodaringga: «Kel, koʻzingdagi zirapchani olib tashlay», deb aytasan?5 Hoy, ikkiyuzlamachi! Oldin koʻzingdagi xodani chiqarib ol, shunda koʻzing tiniq koʻradi va birodaringning koʻzidan zirapchani chiqara olasan.
6 Muqaddas boʻlgan narsani koʻppaklarga bermang, marvaridlaringizni choʻchqalar oldiga tashlamang. Aks holda, ular muqaddas narsalaringizni oyoq osti qilib, oʻzingizni ham tilka–pora qiladilar!

Xudodan soʻranglar

7 Soʻrang, sizga beriladi. Izlang, topasizlar. Taqillating, eshik ochiladi.
8 Chunki soʻragan har bir odam oladi, izlagan topadi, taqillatganga eshik ochiladi.9 Orangizdan qaysi bir ota oʻgʻli non soʻraganda, unga non oʻrniga tosh beradi?10 Yoki baliq soʻraganda, unga baliq oʻrniga ilon beradi?11 Sizlar gunohkor boʻla turib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera olar ekansiz, osmondagi Otangiz ham Undan soʻraganlarga aʼlo neʼmatlar berishga qanchalar tayyor!
12 Odamlar sizlarga nima qilishlarini istasangiz, sizlar ham ularga oʻshani qilinglar. Tavrot va paygʻambarlar taʼlimotining magʻzi shundadir.

Najot eshigi tordir

13 Tor eshikdan kiringlar! Chunki halokatga olib boradigan darvoza enli, yoʻli ham kengdir. Bu yoʻldan yurayotganlar koʻp.
14 Hayotga olib boradigan eshik esa juda tor, yoʻli ensizdir. Bu yoʻlni topadiganlar oz.

Daraxt va uning mevasi

15 Soxta paygʻambarlardan ehtiyot boʻlinglar! Ular sizning oldingizga qoʻy poʻstinida keladilar, lekin ichlaridan yirtqich boʻrilardir.
16 Ularning kimligini qilgan ishlaridan bilib olasiz. Axir, tikanzordan uzumni, yantoqdan anjirni terib boʻlmaydi–ku!17 Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi.18 Yaxshi daraxt yomon meva berolmaydi, yomon daraxt ham yaxshi meva berolmaydi.19 Yaxshi meva bermaydigan har bir daraxt esa kesilib, olovga tashlanadi.20 Shunday qilib, soxta paygʻambarlarni mevalaridan bilib olasiz.
21 Meni «Yo Rabbiy, yo Rabbiy!» deb chaqirgan har kim Osmon Shohligiga kiravermaydi. U yerga faqat osmondagi Otamning irodasini bajargan odamlargina kiradi.
22 Qiyomat kunida koʻplar Menga shunday deydilar: «Yo Rabbiy, yo Rabbiy, biz Sening noming bilan vaʼz qilgan edik! Sening noming bilan jinlarni quvib chiqargandik! Sening noming bilan koʻp moʻjizalar qilgan edik–ku!»23 Men esa ularga deyman: «Men sizlarni aslo tanimayman! Yoʻqolinglar, ey badkirdorlar!»

Dono va ahmoq binokor

24 Kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilsa, uyini tosh ustiga qurgan dono odamga oʻxshaydi.
25 Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga oʻrnatilgani uchun uy qulamabdi.26 Biroq kim Mening bu soʻzlarimni eshitib, ularga amal qilmasa, oʻz uyini qum ustiga qurgan ahmoq odamga oʻxshaydi.27 Yomgʻir yogʻib, sellar toshib, shamollar esib, oʻsha uyni bosib qolibdi. Uy qulab, butunlay vayron boʻlibdi!”
28 Iso bu gaplarini aytib boʻlgandan keyin, olomon Uning taʼlimotidan hayratga tushdi.
29 Chunki Iso Tavrot tafsirchilariday emas, balki hokimiyat egasi kabi taʼlim berar edi.