Bularning hammasi vayron boʻladi — milodiy 70 yilda Tit boshchiligida Rim qoʻshini Quddusni va u yerdagi Maʼbadni butunlay vayron qilgan.
Zaytun togʻi11:1 izohiga qarang.
makruh bir narsaDoniyor 9:27 ga va oʻsha oyatning oxirgi izohiga qarang. Yana Doniyor 11:31, 12:11 ga qarang.
Tomning ustida boʻlganlar — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi.
Ishayo 13:10, 34:4 ga qarang.
Inson Oʻgʻli…bulutlarda keladiDoniyor 7:13-14 ga qarang.
oʻsha vaqt — yoki Inson Oʻgʻli.
…hushyor turinglar…yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida hushyor boʻlib ibodat qilinglar.
Matt.24.1-Matt.24.14; Luke.21.5-Luke.21.19
Luke.19.44
1John.3.7; Col.2.8; 2Thess.2.3
Jer.14.14
Jer.51.46
2Chr.15.6; Rev.6.4; Acts.11.28; Rev.6.8; Rev.6.12
Ps.118.46; Acts.17.6; Acts.18.12; Acts.24.1; Acts.25.6
Matt.28.19; Rom.10.18; Col.1.6
Acts.4.8
Matt.10.35-Matt.10.36
Matt.10.22; John.15.18; Jas.5.11; Rev.2.10
Matt.24.15-Matt.24.28; Luke.21.20-Luke.21.24
Dan.9.27; Dan.11.31; Dan.12.11
Luke.17.31
Luke.23.29
Jer.30.7; Dan.12.1; Rev.16.18
Isa.65.8; Luke.18.7
Luke.17.23
Deut.13.1; 2Thess.2.9; Rev.13.13; Rev.16.14
John.13.19; John.14.29
Matt.24.29-Matt.24.31; Luke.21.25-Luke.21.28
Amos.8.9
Isa.13.10; Isa.24.23; Isa.34.4; Ezek.32.7; Joel.2.31; Acts.2.20; Rev.6.13
Dan.7.13; Matt.16.27
Matt.13.41
Matt.24.32-Matt.24.35; Luke.21.29-Luke.21.33
Mark.9.1
Ps.101.26-Ps.101.27; Isa.51.6; 2Pet.3.10
Matt.24.36-Matt.24.44; Luke.17.26-Luke.17.30; Luke.17.34-Luke.17.36
Zech.14.7
Eph.6.18; 1Thess.5.6; Matt.25.13
Mark.12.1
Matt.25.13; 2Pet.3.10; 1Thess.5.2
Matt.25.1-Matt.25.13

MARK

BAYON ETGAN MUQADDAS

XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning ikkinchisidir. Mark kitobi Xushxabar kitoblari orasida eng qisqasi boʻlib, Isoning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida hikoya qiladi. Bu kitob muallifi Markdir. U havoriy Butrusning vaʼzlari va taʼlimotiga asoslangan holda, Isoning safarlari va koʻrsatgan aql bovar qilmas moʻjizalari haqida bayon qiladi. Kitob Isoning xochdagi oʻlimi va tirilishi haqidagi voqealar bilan yakunlanadi.
Mark Isoning qudrati va hokimiyatiga alohida urgʻu beradi. U Isoni Xudoning Oʻgʻli1 deb taʼkidlab, Iso ulugʻ Ustoz, tengi yoʻq Shifokor ekanini, hatto shayton, jinlar va oʻlim ham Unga boʻysunishini hikoya qiladi. Iso tabiat hodisalari, gunoh, diniy udumlar va Maʼbaddagi tartib ustidan Hukmron ekanini muallif koʻrsatadi. Iso odamlarga shifo bergani haqida Mark takror–takror bayon qiladi, bu moʻjizalarning hammasini Iso Xudoning qudrati bilan qilganini muallif taʼkidlaydi.
Din arboblari Isoning taʼlimotini qabul qilishmaydi. Bu esa Iso va ularning orasida ziddiyat tugʻdiradi (2:2-3:6). Oqibatda ular Isoni oʻldirish payiga tushadilar (11:18).
Bu kitob Isoning shogirdlarini va olomonni hayratga solgan moʻjizalarga boy boʻlsa–da, mazkur Xushxabarga koʻra, Isoning eng qudratli ishi Uning xochda tortgan azobi va oʻlimidir. Buni anglagan birinchi odam Rim askari boʻladi, u Isoning xochda oʻlganini koʻrib: “Bu Odam haqiqatan ham Xudoning Oʻgʻli ekan!” deb tan oladi (15:39).
Toʻrtta Xushxabar orasida Mark bayon etgan Xushxabar birinchi boʻlib yozilgan, degan fikr keng tarqalgan. Mazkur Xushxabardagi koʻplab oramiycha soʻzlar va yahudiycha odatlarning izohi shunday fikrga olib keladi: Mark bu kitobini gʻayriyahudiy xalqlardan boʻlgan masihiylar uchun yozgan. Muallif Iso toʻgʻrisida hikoya qilganda, kitobxonni Isoning qudratiga ishontirishga harakat qiladi. Zotan, Uning qudrati odamlarni xastaliklardan, jinlardan va oʻlimdan xalos qila oladi. Shuningdek, Mark imondagi yangi hayot yengil emasligini eslatib qoʻyishni xohlaydi. Imonlilar Isoga ergashib, boshqalarga xizmat qilishlari va Iso singari azob–uqubat tortishga tayyor boʻlishlari kerakligini aytadi.


1Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.
Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Iso oxirzamon haqida gapiradi

1 Iso Maʼbaddan chiqib ketayotganda shogirdlaridan biri:
— Ustoz, qarang, naqadar ulkan toshlar, naqadar hashamatli binolar! — dedi.
2 Iso unga:
— Bu hashamatli binolarni koʻryapsanmi? Bularning hammasi vayron boʻladi. Bu yerda tosh ustida turgan bironta tosh qolmaydi, — dedi.
3 Iso Zaytun togʻida, Maʼbadning roʻparasida oʻtirgan vaqtda Butrus, Yoqub, Yuhanno va Endrus Undan alohida soʻradilar:
4 — Bizga ayting–chi, bu hodisalar qachon yuz beradi? Tez orada sodir boʻlishini nimadan bilsak boʻladi?
5 Iso ularga shunday javob berdi: “Ehtiyot boʻlinglar, hech kim sizlarni yoʻldan ozdirmasin!
6 Koʻp kishilar oʻzlarini Mening nomim bilan atab: «Men Oʻshaman», deb koʻplarni yoʻldan ozdiradilar.7 Sizlar uzoq–yaqindagi urush xabarlarini eshitganingizda, choʻchimanglar. Bular albatta sodir boʻladi, ammo bu hali oxiri degani emas.8 Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi koʻtariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar boʻladi. Bu hodisalar toʻlgʻoq azoblarining boshlanishiga oʻxshaydi.
9 Sizlar esa oʻzingizga ehtiyot boʻlinglar. Chunki sizlarni mahkamalarga topshirib, sinagogalarda uradilar. Men tufayli sizlarni hokimlar va shohlar huzurida turgʻizib qoʻyadilar, sizlar esa Mening shohidlarim boʻlasizlar.
10 Ammo oxirat kelishidan oldin, Xushxabar hamma xalqlarga eʼlon qilinishi lozim.
11 Sizlarni qoʻlga olib, mahkamaga topshirganlarida, nima aytamiz, deb oldindan xavotir olmanglar. Oʻsha soatda sizlarga nima berilsa, oʻshani aytinglar. Chunki oʻshanda sizlar emas, balki Muqaddas Ruh gapiradi.
12 Aka ukasini, ota bolasini oʻlimga topshiradi. Bolalar oʻz ota–onalariga qarshi chiqib, ularni oʻldirtiradilar.13 Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha bardosh bergan najot topadi.

Buyuk musibat va Isoning kelishi

14 Koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh bir narsaning man etilgan joyga oʻrnatilganini koʻrganingizda — oʻqigan tushunib olsin! — Yahudiyada boʻlganlar togʻlarga qochishsin.
15 Tomning ustida boʻlganlar pastga tushib, uyidan biron narsa olib kelish uchun uyiga kirishmasin.16 Dalada boʻlganlar esa toʻnini olgani qaytib kelmasin.17 U kunlarda homilador va emizikli ayollarning holiga voy!18 Qochishingiz qishga toʻgʻri kelmasligi uchun iltijo qilinglar.19 Chunki oʻsha kunlarda shunday azob–uqubatlar boʻladiki, Xudo dunyoni yaratganidan to hozirgacha bunday boʻlmagan va qaytib sodir boʻlmaydi.20 Agar Egamiz oʻsha kunlarni qisqartirmaganda edi, hech bir jonzot omon qolmas edi. Lekin Xudo tanlagan odamlari uchungina oʻsha kunlarni qisqartiradi.
21 Agar oʻshanda kimdir sizlarga: «Masih mana bu yerda» yoki: «Ana u yerda», deb aytsa, ishonmanglar.
22 Chunki soxta masihlar va soxta paygʻambarlar paydo boʻlib, iloji boʻlsa, tanlangan odamlarni yoʻldan ozdirish uchun alomatu moʻjizalar koʻrsatadilar.23 Sizlar esa ehtiyot boʻlinglar. Men hammasini sizlarga oldindan aytib qoʻydim.
24 Oʻsha kunlarda, azob–uqubatlardan keyin,
«Quyosh qorayadi, oyning nuri soʻnadi.
25 Osmondan yulduzlar qulab tushadi,
Samoviy kuchlar larzaga keladi.»
26 Shunda hamma odam Inson Oʻgʻlini koʻradi. Inson Oʻgʻli buyuk qudrat va ulugʻvorlikka burkanib, bulutlarda keladi.
27 U farishtalarini yerning toʻrt tomoniga yuborib, dunyoning bir burchagidan tortib, narigi burchagigacha tanlagan odamlarini toʻplab oladi.

Hushyor boʻlish haqida

28 Anjir daraxtidan saboq olinglar: uning shoxlari koʻkarib barg chiqarayotganda, yoz yaqinlashganini bilasizlar.
29 Shu singari, mana bu voqealar sodir boʻlganda, bilingki, oʻsha vaqt yaqinlashib qolgan, ostonangizga yetgan.30 Sizlarga chinini aytayin: bu nasl oʻtmasdanoq, bularning hammasi sodir boʻladi.31 Yeru osmon yoʻq boʻlib ketadi, ammo Mening soʻzlarim kuchda qoladi.
32 Oʻsha kun yoki soat haqida samoviy Otamdan boshqa hech kim bilmaydi. Oʻgʻil ham, samodagi farishtalar ham bilmaydilar.
33 Ehtiyot boʻlib, hushyor turinglar, chunki oʻsha vaqt–soat qachon kelishini sizlar bilmaysizlar.
34 Bu xuddi safarga joʻnagan uy egasiga oʻxshaydi. U oʻz uy–roʻzgʻorini xizmatkorlariga topshirib, har biriga vazifa berib, darvozabonga hushyor boʻlib turishni buyurib, joʻnab ketadi.
35 Xuddi shu singari, sizlar ham hushyor boʻlib turinglar. Chunki uy egasi qachon kelishini — kechqurunmi, yarim tundami, xoʻrozlar qichqirgandami yoki ertalabmi — sizlar bilmaysizlar.36 Tagʻin U nogahon kelib, sizlarni uxlab yotgan holda koʻrmasin!37 Sizlarga aytganimni hammaga aytaman: hushyor boʻlinglar!”