soliqchilar3:12 izohiga qarang.
kumush tangayunoncha matnda draxma. Draxma yunon tangasi edi. Qiymati Rimdagi bir dinor qiymatiga teng kelar edi. Bir dinor mardikorning bir kunlik ish haqi edi.
choʻchqalar — yahudiylar choʻchqalarni harom deb bilganlari uchun, choʻchqa boqish eng sharmandali ish hisoblanardi (Qonunlar 14:8 ga qarang).
Matt.18.12-Matt.18.14
Luke.5.30; Luke.19.7
Ezek.34.6; Ezek.34.11
1Pet.2.25
Luke.5.31-Luke.5.32
Deut.21.17
Exod.10.16
Zech.3.4
Rom.11.15; Eph.2.1; Eph.2.5; Col.2.13
Prov.29.3

LUQO

BAYON ETGAN MUQADDAS

XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning uchinchisidir. Bu kitob muallifi Luqodir. U havoriy Pavlusning sodiq doʻsti boʻlib, koʻp safarlarda unga hamrohlik qilgan yaqin hamkori edi. Xushxabarlar orasida Luqo bayon etgan Xushxabar eng uzuni boʻlib, Isoning hayoti va faoliyatini boshidan oxirigacha batafsil bayon etadi. Luqo Isoni nafaqat Isroilning, balki butun dunyoning Najotkori qilib tasvirlaydi. Iso haqidagi Xushxabar barcha millat va xalqlarga qaratilganini koʻrsatadi.
Mazkur Xushxabar tarkibiga boshqa Xushxabarlarda boʻlmagan koʻplab masal va hikoyalar kiritilgan. Bular quyidagilardir: farishtalarning hamdu sano qoʻshigʻi, chaqaloq Isoni choʻponlar ziyorat qilishi, oʻsmir Iso Maʼbadda, rahmdil Samariyalik haqida masal va darbadar oʻgʻil.
Bu Xushxabar boshqalaridan bir necha jihati bilan ajralib turadi. Kitobda odamlarning qiyinchiliklari va muhtojliklariga katta eʼtibor qaratilgan. Muallifning bayon qilishicha, Muqaddas Ruh Isoni qamrab olib, Uni yoʻqsillarga Xushxabar yetkazishga chorlagan (4:18). Kitobda ibodatga ham alohida urgʻu beriladi, ayniqsa Iso maʼlum vaziyatlarda ibodat qilgani aytib oʻtiladi. Shuningdek, muallif ayollarning jamiyatdagi tutgan oʻrni, kambagʻallarga jonkuyarlik, gunohkorlarga inoyatli boʻlish va Muqaddas Ruh haqidagi mavzularni keng yoritadi.
Kitobni oʻqir ekansiz, quvonch hissi qalbingizni yayratadi, ayniqsa dastlabki boblarda Isoning tugʻilishi toʻgʻrisidagi xabar va roʻy bergan hodisalar dilingizni shodon hayratga toʻldiradi, kitobning soʻnggi boblarida hikoya qilingan Isoning osmonga koʻtarilib ketishi haqidagi voqea esa qalbga umid baxsh etadi.


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Adashgan qoʻy va yoʻqolgan tanga haqida masal

1 Hamma soliqchilar va gunohkorlar Isoning taʼlimotini tinglash uchun kelar edilar.
2 Farziylar bilan Tavrot tafsirchilari: “Ana, U gunohkorlarni qabul qilib, ular bilan birga yeb–ichyapti”, deb mingʻirlab norozi boʻldilar.3 Iso esa ularga quyidagi masalni aytib berdi:4 “Sizlarning orangizda kimningdir yuzta qoʻyi boʻlsa–yu, bittasi adashib qolsa, toʻqson toʻqqiztasini yaylovda qoldirib, adashgan qoʻyni topmaguncha qidirmaydimi?5 Oʻsha qoʻyini topganda, xursand boʻlib yelkasiga koʻtarib oladi.6 U uyiga kelib, doʻstlarini, qoʻshnilarini chaqiradi va ularga:
— Men yoʻqolgan qoʻyimni topdim! Xursandchiligimga sherik boʻlinglar, — deb aytadi.
7 Sizlarga aytamanki, xuddi shu singari, tavbaga hojat sezmagan toʻqson toʻqqizta solih odamdan koʻra, tavba qilgan bitta gunohkor uchun samoda koʻproq shodlik boʻladi.
8 Yoki qaysi bir ayolning oʻnta kumush tangasi boʻlsa–da, bittasini yoʻqotib qoʻysa, u chiroq yoqib tangani topmaguncha uyini supurib–sidirib sinchiklab qidirmaydimi?!
9 Tangani topgach, dugonalarini va qoʻshnilarini chaqirib:
— Men yoʻqolgan tangamni topdim! Xursandchiligimga sherik boʻlinglar, — deydi.
10 Sizlarga aytamanki, xuddi shu singari, tavba qilgan bitta gunohkor uchun Xudoning farishtalari huzurida shodlik boʻladi.”

Darbadar oʻgʻil haqida masal

11 Iso yana dedi: “Bir odamning ikki oʻgʻli bor ekan.
12 Ularning kichigi otasiga:
— Ota, mol–mulkingizdan menga tegishli qismini bering, — debdi.
Otasi mol–mulkini ikki oʻgʻliga boʻlib beribdi.
13 Oradan koʻp oʻtmay, kichik oʻgʻil bor narsasini yigʻishtirib, uzoq bir mamlakatga ketibdi. U yerda shaloq yashab, mol–dunyosini koʻkka sovuribdi.
14 Borini isrof qilgandan keyin, oʻsha mamlakatda ogʻir qahatchilik boshlanibdi. Yigit ham muhtojlikda qolibdi.15 U borib, oʻsha mamlakat fuqarolaridan biriga yollanibdi. U odam esa yigitni oʻz dalasidagi choʻchqalarni boqishga yuboribdi.16 Yigit choʻchqalar yeydigan qoʻzoqlar bilan qornini toʻydirishga ham zor boʻlibdi, lekin unga shuni ham ravo koʻrishmas ekan.
17 Nihoyat yigit aqlini yigʻib olib, oʻziga oʻzi debdi:
— Otamning qanchadan–qancha yollanma ishchilarining noni oshib–toshib yotibdi, men esa bu yerda ochlikdan oʻlyapman.
18 Endi otamning oldiga borib, unga shunday deb aytaman: “Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim.19 Endi sizning oʻgʻlingiz deb atalishga loyiq emasman. Meni yollanma ishchilaringiz qatoriga qabul qiling.”
20 Yigit otasi oldiga ravona boʻlibdi. Yigit hali uzoqda kelar ekan, otasi uni koʻrib, oʻgʻliga rahmi kelibdi. U yugurib borib, oʻgʻlini quchoqlab, oʻpibdi.
21 Keyin oʻgʻli otasiga aytibdi:
— Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. Endi sizning oʻgʻlingiz deb atalishga loyiq emasman.
22 Otasi esa xizmatkorlariga buyuribdi:
— Tez boʻlinglar, eng nafis toʻn keltirib yelkasiga yopinglar, qoʻliga uzuk taqinglar, oyoqlariga choriq kiygizinglar.
23 Boʻrdoqi buzoqni olib chiqib, soʻyinglar. Yeb–ichaylik, xursandchilik qilaylik.24 Chunki bu oʻgʻlim men uchun oʻlgan edi, endi tirildi, yoʻqolgan edi, endi topildi.
Shunday qilib, xursandchilik qila boshlabdilar.
25 Katta oʻgʻil shu paytda dalada ekan. Qaytayotib uyga yaqinlashganda, qulogʻiga musiqa va oʻyin–kulgi sadolari eshitilibdi.26 Xizmatkorlardan birini chaqirib:
— Nima gap? — deb soʻrabdi.
27 — Ukangiz qaytib keldilar. Otangiz uni sogʻ–salomat koʻrgani uchun boʻrdoqi buzoqni soʻydilar, — deb javob beribdi xizmatkor.
28 Shunda katta oʻgʻilning jahli chiqibdi, ichkariga kirishdan bosh tortibdi. Otasi esa tashqariga chiqib, oʻgʻliga oʻtinib gapiribdi.
29 Ammo u otasiga shunday javob beribdi:
— Menga qarang! Shuncha yildan beri sizga qulday ishlab kelaman. Birorta gapingizni yerda qoldirmadim. Lekin doʻstlarim bilan xursandchilik qilishim uchun siz menga bitta uloqcha ham bermadingiz.
30 Ammo mol–mulkingizni fohishalar bilan yeb, yoʻq qilgan anavi oʻgʻlingiz qaytib kelganda, siz boʻrdoqi buzoqni soʻydirdingiz!
31 Otasi unga shunday javob beribdi:
— Oʻgʻlim! Sen doimo men bilan birgasan. Mening bor narsam seniki.
32 Bugun esa bayram qilib, xursand boʻlishimiz kerak. Axir, bu ukang biz uchun oʻlgan edi, endi tirildi, yoʻqolgan edi, endi topildi.”