…Iordan daryosidan oʻtishga tayyorlaninglar — oʻsha paytda Isroil xalqi Iordan daryosining sharqidagi Moʻab tekisligida turar edi (Sahroda 36:13 ga qarang).
Oʻrta yer dengiziibroniycha matnda Buyuk dengiz.
…Xet xalqining hamma yerlari… — bu oʻrinda Suriyaning shimoldagi yerlari nazarda tutilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XET XALQI iborasiga qarang.
Tavrot kitobi — Qonunlar kitobida yozilganlarning aksariyat qismi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (Qonunlar 29:21, 30:10, 31:24-26 ga qarang).
…Muso sizlarga amr qilib aytgan soʻzlarini eslangSahroda 32:28-33, Qonunlar 3:18-20 ga qarang.
Exod.24.13; Num.27.18-Num.27.20; Deut.1.38
Deut.34.5
Deut.11.24
Gen.15.18; Num.34.1-Num.34.12; Deut.11.24
Deut.7.24; Exod.3.12; Judg.6.16; Deut.31.5-Deut.31.8; Heb.13.5
Deut.31.6-Deut.31.7; Deut.31.23
Deut.5.32
Deut.17.18-Deut.17.19; Ps.1.2
Deut.1.21; Deut.31.8
Deut.16.18
Num.32.17-Num.32.26; Deut.3.18
Num.32.29; Deut.3.20; Josh.22.1-Josh.22.9

YOSHUA

KITOBI

Kirish

Yoshua kitobida Isroil xalqining tarixi bayon etilgan boʻlib, kitobdan oʻrin olgan voqealar Musoning Tavrot kitobidagi voqealarning uzviy davomidir. Isroil xalqi Xudo Ibrohimga vaʼda qilgan Kanʼon yurtiga kirib, uni zabt eta boshlaydi. Mazkur kitobda nafaqat tarixiy dalillar, balki Xudoning Oʻz xalqi bilan boʻlgan jonli munosabati, vaʼdalariga sodiqligi, bevafo xalqiga koʻrsatgan mehr–shafqati bayon qilingan.
Bu kitobning bosh qahramoni Nun oʻgʻli Yoshuadir. Musoning oʻlimidan keyin Yoshua Isroil xalqining yoʻlboshchisi qilib tayinlangan edi. Yoshua ismi “Egamiz qutqaradi” degan maʼnoni bildiradi. Kitobning shu nom bilan atalishi ham bejiz emas, chunki Xudoning Oʻzi xalqini dushmanlaridan qutqarib, sanoqsiz janglarda ularga gʻalaba ato qiladi. Gʻalaba harbiy kuch va salohiyat tufayli emas, balki Xudoga boʻlgan ishonch va Uning soʻziga itoatkorlik tufayli nasib boʻlishini Isroil xalqi oʻz tajribasidan bilib oladi.
Kitobning boshida (1-12–boblar) Yoshua Isroil xalqini Kanʼon yurtiga olib kirgani va yurtning aksariyat qismini zabt etgani haqida hikoya qilinadi. Kitobning bu qismida koʻp moʻjizalar haqida soʻz yuritiladi, masalan, Yerixo shahri uchun boʻlgan jangda Xudoning qudrati bilan shahar devorlari oʻpirilib tushadi, Givon shahri uchun boʻlgan jangda Xudo osmondan yirik doʻl yogʻdirib, dushman jangchilarini ezib tashlaydi, quyoshni bir joyda toʻxtatib qoʻyadi.
Kitobning davomida (13-25–boblar) Kanʼon yurtining yerlari Isroil qabilalari orasida taqsimlanishi haqida soʻz boradi. Muso davrida Isroil xalqining Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi Iordan daryosining sharqidagi yerlarga oʻrnashib olgan edilar. Endi Yoshua Iordan daryosining gʻarbidagi yerlarni qolgan toʻqqizta qabila va Manashe qabilasining ikkinchi yarmiga taqsimlab beradi. Levi qabilasi Xudoga xizmat qilgani bois, ularga boshqa qabilalar qatori yer ulush qilib berilmaydi. Yurtdan ulush berish oʻrniga, Yoshua levilarga butun yurt boʻylab yashashlari uchun shahar va qishloqlarni ajratib beradi. Oradan ancha yillar oʻtgandan keyin, hayotining soʻnggi damlarida Yoshua xalqni Xudoga sadoqatli boʻlishga, faqat Unga sajda qilishga chaqiradi.


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:
← Oldingi bob / Keyingi bob

Xudo Yoshuaga Kanʼon yurtini bosib olish haqida amr beradi

1 Egamiz Oʻzining quli Muso vafotidan keyin Musoning yordamchisi Yoshuaga shunday dedi:
2 “Mening qulim Muso vafot etdi. Endi hammangiz — butun Isroil xalqi Men sizlarga berayotgan yurtga kirish uchun Iordan daryosidan oʻtishga tayyorlaninglar.3 Musoga vaʼda berganimday, oyogʻingiz tekkan hamma joyni sizlarga beraman.4 Janubdagi sahrodan shimoldagi Lubnongacha, sharqdagi buyuk Furot daryosidan gʻarbdagi Oʻrta yer dengizigacha boʻlgan joylar, Xet xalqining hamma yerlari sizning yurtingiz boʻladi.5 Ey Yoshua, bir umr hech kim senga bas kela olmaydi. Muso bilan boʻlganimday, sen bilan ham birga boʻlaman. Seni tark etmayman, hech qachon tashlab ketmayman.6 Dadil va botir boʻl, Isroil xalqi bu yurtni qoʻlga kiritib, egalik qilishiga sen bosh boʻlasan. Chunki ularning ota–bobolariga, bu yurtni sizlarga beraman, deb vaʼda qilganman.7 Dadil va botir boʻlishing kerak, Men qulim Muso orqali buyurgan qonunlarning hammasini bitta qoldirmay bajar, borgan joyingda ishlaring oʻngidan kelishi uchun bu qonunlardan oʻngga ham, chapga ham ogʻma.8 Tavrot kitobida yozilganlar tilingdan tushmasin, ularni bitta qoldirmay bajarishing uchun kechayu kunduz ular haqida fikr yuritgin. Shunda ishlaring yurishib, oʻngidan keladi.9 Amr qilaman: dadil va botir boʻl, vahimaga tushma, qoʻrqma, qayerga borsang ham, Men, Egang Xudo, sen bilan birga boʻlaman.”

Yoshuaning xalqqa bergan buyruqlari

10 Shundan keyin Yoshua Isroil qabilalarining nazoratchilariga shunday deb buyurdi:
11 — Qarorgoh boʻylab yurib, xalqqa quyidagi gaplarni aytinglar: “Oziq–ovqatlaringizni tayyorlanglar, chunki uch kundan keyin Iordan daryosidan oʻtib, Egangiz Xudo sizlarga berayotgan yurtni qoʻlga kirita boshlaysizlar.”
12 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga Yoshua shunday dedi:
13 — Egamizning quli Muso sizlarga amr qilib aytgan soʻzlarini eslang. U sizlarga: “Egangiz Xudo sizlarga osoyishtalik ato qilib, mana shu yerlarni berdi”, deb aytgan edi.
14 Xotinlaringiz, bolalaringiz, mol–qoʻylaringiz Muso sizlarga bergan yerda — Iordanning mana shu sharq tomonida qoladi. Orangizdagi barcha qurollangan jasur jangchilar esa birodarlaringizning oldida borib, Iordan daryosidan oʻtadi.15 Birodarlaringiz ham Egangiz Xudo berayotgan yurtni egallamaguncha, jasur jangchilaringiz ularga yordam beradi. Egamiz sizga osoyishtalik berganday, birodarlaringizga ham osoyishtalik bergandan keyingina Egamizning quli Muso sizlarga bergan Iordanning sharqidagi oʻz yeringizga qaytib kelib, joylashasizlar.
16 Ular Yoshuaga shunday deb javob berishdi:
— Siz buyurgan hamma narsani qilamiz, qayerga yuborsangiz boramiz.
17 Hamma narsada Musoga qanday itoat qilgan boʻlsak, sizga ham shunday itoat qilamiz. Egangiz Xudo, Muso bilan boʻlganidek, siz bilan birga boʻlsin!18 Sizning aytgan soʻzlaringizga qarshi chiqqanlarning, birorta buyrugʻingizga boʻysunmaganlarning jazosi oʻlimdir. Siz faqat dadil va botir boʻling.
← Oldingi bob / Keyingi bob