Naynavo shahri — Ossuriya shohligining poytaxti boʻlib, Dajla daryosining sharqiy qirgʻogʻida joylashgan edi. Bu shahar Nineviya nomi bilan ham maʼlum. Ossuriya Isroilga ashaddiy dushman edi.
Yaffa — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan boʻlib, Quddus uchun bandargoh vazifasini oʻtagan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang.
Tarshish — hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bandargoh shahar boʻlib, Naynavodan juda uzoqda, tamomila teskari tomonda edi.
…qurʼa tashlaylik… — qurʼa tashlashda yogʻoch boʻlaklari yoki toshlar ishlatilgan boʻlib, shu orqali biror ishni qanday yoki qachon qilish kerakligi aniqlangan. Bu vaziyatda qurʼa orqali aybdor kim ekanligi maʼlum boʻlgan.
2Kgs.14.25
Nah.1.1; Zeph.2.13
1Kgs.10.22; Isa.23.1; Josh.19.46
Ps.106.25
Acts.27.18
Joel.2.13-Joel.2.14; Amos.7.3; Amos.7.6; Jonah.3.9
1Sam.14.41-1Sam.14.42
Ps.94.5; Ps.145.6
Deut.21.8
Ps.64.8
Isa.19.21

YUNUS

PAYGʻAMBARNING

KITOBI

Kirish

Mazkur kitob Yunus paygʻambarning nomi bilan atalgan. Yunus paygʻambar Amos va Xoʻsheya paygʻambarlarning zamondoshi boʻlib, taxminan miloddan oldingi 800-750 yillarda — Isroil xalqi Ossuriyaga surgun qilinishidan oldin faoliyat koʻrsatgan.
Yunus kitobi boshqa paygʻambarlarning kitoblaridan farq qiladi. Farqi shundaki, kitobda Yunus paygʻambarning Xudodan qochib yurgani bayon qilinadi. Xudo Yunusni yoʻq qilinishga mahkum etilgan Naynavo shahriga1 aholisini tavbaga chaqirish uchun yuboradi. Ammo Yunus u yerga borishdan bosh tortib, Xudoga itoatsizlik qiladi. Yunus hatto shaharning vayron boʻlishini istaydi. Chunki Naynavo Isroilning ashaddiy dushmani Ossuriyaning poytaxti edi. Lekin Xudo Yunusni toʻgʻri yoʻlga soladi. Shundan keyin Yunus Naynavoga borib, Egamizning amrini bajaradi.
Koʻpchilik Yunus kitobini oʻqiganda, eʼtiborini asosan bahaybat baliq Yunusni yutib yuborganiga qaratadi. Lekin bu kitobning vazifasi Egamiz hamma xalqlarga shafqatli va mehribon ekanini koʻrsatishdan iborat.


1Naynavo shahri — Nineviya nomi bilan ham maʼlum.
Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:
← Oldingi bob / Keyingi bob

Yunus Egamizga itoat etmadi

1 Bir kuni Amitay oʻgʻli Yunusga Egamiz shu soʻzlarni ayon qildi:
2 “Qani, boʻl, qudratli Naynavo shahriga bor. Jar solib, u yerdagilarni ogohlantir, chunki shahar ahli qilgan qabihliklar Menga yetib keldi.”
3 Yunus yoʻlga tushdi, lekin Egamizdan qochib boshqa tomonga ketmoqchi boʻldi. U Yaffaga kelib, u yerda Tarshishga boradigan kemani topdi. Yoʻl haqini toʻladi–da, Egamizdan qochib Tarshishga suzib ketgani kemachilar bilan kemaga chiqdi.
4 Ammo Egamiz shunday kuchli shamol qoʻzgʻatdiki, dengizda dahshatli boʻron boshlandi. Boʻron kemani parchalab yuboray derdi.
5 Bundan kemachilar vahimaga tushib, har biri oʻz xudosiga yolvordi. Keyin, kema yengillashsin deb, u yerdagi yuklarni dengizga uloqtira boshladilar. Yunus esa kemaning ichkarisiga kirib, qattiq uyquga ketgan edi.6 Bir payt kema dargʻasi Yunusning yoniga kelib: “Nega sen uxlab yotibsan? Tur, xudoyingga yolvor! Balki u bizlarni eslasa, halok boʻlmasmiz”, dedi.
7 Kemadagilar esa bir–birlariga: “Kelinglar, qurʼa tashlaylik, shunda bu falokat kim sababli boshimizga kelganini bilamiz”, dedilar. Qurʼa tashlagan edilar, qurʼa Yunusga tushdi.
8 Keyin Yunusdan soʻradilar: “Bizga ayt–chi, nima sababdan boshimizga bu falokat tushdi? Sen kimsan? Qayerdan kelyapsan? Qaysi yurtdansan? Qanaqa xalqdansan?”
9 Yunus ularga shunday javob berdi: “Men ibroniyman, dengiz va quruqlikni yaratgan Samoviy Xudo — Egamga sigʻinaman.”
10 Ular Yunusning Egamizdan qochib ketayotganini bilardilar. Chunki Yunusning oʻzi bu haqda ularga aytgan edi. Ular bu gapni eshitib, yana ham qattiqroq dahshatga tushdilar va unga: “Nega bunday qilding–a?!” dedilar.
11 Kemadagilar Yunusga: “Dengiz tinchlanishi uchun seni nima qilsak ekan–a?” deb soʻradilar. Chunki dengiz yanada vahima bilan toʻlqinlanardi.
12 Shunda Yunus kemadagilarga dedi: “Meni olib, dengizga uloqtirsangizlar, dengiz tinchlanadi. Bilaman, bu kuchli boʻron men tufayli boshlaringizga kelgan.”
13 Kemadagilar esa kemani quruqlikka olib bormoqchi boʻlib rosa eshkak eshdilar, ammo bunga muvaffaq boʻla olmadilar, chunki dengiz ularga qarshi battar quturayotgan edi.
14 Shunda ular Egamizga yolvordilar: “Ey Egamiz! Sen Oʻzingga maʼqul boʻlganini qilib, bizni shu ahvolga solding. Ey Egamiz! Senga iltijo qilamiz: shu odamning joni uchun bizlarni halok qilma, begunoh odamning oʻlimiga bizlarni javobgar qilma.”
15 Shundan keyin Yunusni olib dengizga uloqtirgan edilar, dengiz tinchlanib qoldi.
16 Bu voqeani odamlar koʻrgach, Egamizdan qattiq qoʻrqdilar. Unga qurbonlik qilib, nazr atadilar.
← Oldingi bob / Keyingi bob