qaytadan — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz qaytadan yoki yuqoridan degan maʼnolarni bildiradi. Muallif bu ikkala maʼnoni ham nazarda tutgan boʻlishi mumkin. Bu yunoncha soʻz shu bobning 7, 31–oyatlarida ham ishlatilgan.
Xudoning Shohligi — Xudoning hozirgi paytda insonlar hayotidagi hukmronligi va oxiratda har bir yaratilgan mavjudotning yangilanishiga ishora. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING SHOHLIGI iborasiga qarang.
Osmondan tushgan…yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida osmonda istiqomat qiladigan va osmondan tushgan.
bronza ilonSahroda 21:4-9 ga qarang.
Inson Oʻgʻli ham xuddi shunday yuqoriga koʻtarilishi kerak… — Isoning xochdagi oʻlimiga ishora (12:31-33 ga qarang).
…imonga kelgan har bir kishi U orqali abadiy hayotga ega boʻladiyunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Unga ishongan hech bir kishi halok boʻlmaydi, balki abadiy hayotga ega boʻladi.
Zero…shu bobning 16-21–oyatlari Isoning gaplari boʻlishi mumkin yoki Yuhanno Isoning soʻzlaridan xulosa chiqarib yozayotgan boʻlishi mumkin.
…Saleym…Eynon yeri… — ularning qayerda joylashgani bahsli.
…Yahyo zindonga tashlanishdan oldin…Mark 6:17-18 ga qarang.
Yuqoridan…shu bobning 31-36–oyatlari Yahyoning gaplari boʻlishi mumkin yoki Yuhanno Yahyoning soʻzlaridan xulosa chiqarib yozayotgan boʻlishi ham mumkin.
Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.
John.7.50; John.19.39
Mark.16.16; Acts.2.38; Matt.5.20; 1Cor.15.50
Prov.30.4; John.6.38; 1Cor.15.47; Eph.4.9
Num.21.9; John.8.28; John.12.32
Rom.5.8; Eph.2.4; 1John.3.1; 1John.4.10
John.8.15; John.12.47
Mark.16.16
John.1.4; John.8.12; John.7.7
Eph.5.13
John.4.1-John.4.2
Matt.11.2; Mark.6.17-Mark.6.18; Luke.3.19-Luke.3.20
John.2.6
John.1.7; John.5.33
1Cor.4.7
Mal.3.1; Mark.1.2; John.1.20
Matt.9.15; Matt.25.1-Matt.25.13; Rev.19.7; Rev.21.2; Matt.9.15; Mark.2.19
John.8.26
Matt.3.17; Matt.17.5; John.5.20
John.5.24; John.6.40; 1John.5.12-1John.5.13

YUHANNO

BAYON ETGAN MUQADDAS

XUSHXABAR

Kirish

Mazkur kitob Yangi Ahd tarkibidagi toʻrtta Xushxabarning toʻrtinchisidir. Kitobning muallifi Zabadiyoning oʻgʻli baliqchi Yuhannodir. Yuhanno, Butrus va Yuhannoning akasi Yoqb Iso Masihning eng yaqin shogirdlari hisoblanadi. Yuhanno bu kitobda oʻz ismini ishlatmay, oʻzini Iso Masihning sevikli shogirdi deb tilga oladi (masalan, 13:23 ga qarang).
Mazkur kitob zamirida Iso Masihning shaxsiyati, ilohiy Kalom inson boʻlib kelgani, Masihning Oʻz samoviy OtasiXudo bilan boʻlgan munosabati va Iso Masihga eʼtiqod qilish kabi mavzular yotadi. Iso Masih odamlarga Oʻzining kimligini tushuntirmoqchi boʻlib, turli obrazlardan foydalanadi. U Oʻzini “hayot noni”, “hayotbaxsh suv manbai”, “olamning nuri”, “yaxshi choʻpon”, “yoʻl, haqiqat va hayot”, “haqiqiy tok” va “odamlarni oxiratda tiriltiruvchi, ularga hayot beruvchi Zot” deb ataydi.
Bu Xushxabar nima maqsadda yozilgani 20:31 da aytib oʻtilgan: “Toki sizlar Isoning Masih, Xudoning Oʻgʻli1 ekanligiga ishonib, bu imoningiz tufayli hayotga ega boʻlinglar.” Muallif Isoning taʼlimotini qiziqarli mantiqiy mulohazalar orqali taqdim etadi, u nur va zulmat, imon va imonsizlik, sevgi va nafrat, osmon va bu dunyo borasida soʻz yuritadi.
Ushbu kitob azaldan mavjud boʻlgan Kalom haqidagi maʼlumot bilan boshlanadi. Ilohiy Kalom dunyo yaratilishidan oldin mavjud boʻlgan. Nimaiki yaratilgan boʻlsa, oʻsha Kalom orqali vujudga kelgan. Xudoning Kalomi inson boʻlib tugʻildi, U Iso Masih edi. Iso Masih zulmatga gʻarq boʻlgan bu dunyoga hayot nurini olib keldi. Masihga ishongan har bir kishi samoviy Otani tanib oladi va abadiy hayotdan bahramand boʻladi.
Kitobning birinchi qismidan (1-12–boblar) Isoning qilgan moʻjizalari oʻrin olgan, muallif Isoni Xudoning Oʻgʻli, Xudo vaʼda qilgan Najotkor ekanligini eʼtirof etadi. Koʻp odamlar Isoga ishonib, Unga ergashadilar. Baʼzilar esa Unga qarshi boʻladilar.
Kitobning 13-17–boblarida Isoning Oʻz shogirdlariga qilgan gʻamxoʻrligiga, Ustoz va shogirdlari orasidagi munosabatga eʼtibor beriladi. Iso xochdagi oʻlimidan oldin, Qutlugʻ ziyofatda shogirdlarini ogohlantirib, yaqinlashayotgan fojiadan qoʻrqmasliklarini aytadi va ularga dalda beradi.
Isoning hibsga olinishi, kaltaklanishi, oʻldirilishi va tirilishi haqidagi hodisalar kitobning soʻnggi qismidan oʻrin olgan (18-21–boblar). Iso tirilgandan keyin bir necha marta shogirdlariga zohir boʻlgani haqidagi voqealar kitobga yakun yasaydi.


1Xudoning Oʻgʻli — Iso Masihning unvoni. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang.
Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Iso va Nikodim

1 Yahudiy yoʻlboshchilaridan Nikodim ismli bir odam bor edi, u farziylar mazhabida edi.
2 Bu odam bir kuni kechasi Isoning oldiga kelib, Unga dedi:
— Ustoz, Siz Xudodan kelgan bir muallim ekanligingizni biz bilamiz. Agar Xudo Siz bilan boʻlmaganda edi, Siz bunday moʻjizali alomatlarni qila olmas edingiz.
3 Iso unga shunday javob berdi:
— Sizga chinini aytay: qaytadan tugʻilmagan bironta odam Xudoning Shohligini koʻrolmaydi.
4 — Keksa odam tugʻila olarmidi?! U onasining qorniga qayta kirib, yana tugʻila olmaydi–ku! — dedi Nikodim.
5 Iso shunday javob berdi:
— Sizga chinini aytay: suvdan va Ruhdan tugʻilmagan bironta odam Xudoning Shohligiga kirolmaydi.
6 Odam jismonan ota–onadan tugʻiladi, ruhan esa Muqaddas Ruhdan tugʻiladi.7 “Sizlar qaytadan tugʻilishingiz kerak” deganimga taajjublanmang.8 Ruh xuddi shamolga oʻxshaydi. Shamol istagan joyda esaveradi. Uning tovushini eshitasiz–u, lekin qaysi tomondan kelib, qaysi tomonga ketishini bilmaysiz. Ruhdan tugʻilgan har bir kishida ham shunday boʻladi.
9 — Bu qanday boʻlishi mumkin? — deb soʻradi Nikodim.
10 Iso unga shunday javob berdi:
— Siz Isroilning ustozisiz–ku! Nahotki shuni bilmasangiz?!
11 Sizga chinini aytay: biz bilganimizni soʻzlaymiz, koʻrganimiz haqida shahodat beramiz. Lekin sizlar bizning shahodatimizni qabul qilmayapsizlar.12 Agar sizlar yerdagi narsalar haqida aytganlarimga ishonmasangizlar, samoviy narsalar toʻgʻrisida gapirganlarimga qanday ishonasizlar?13 Osmondan tushgan Inson Oʻgʻlidan boshqa hech kim osmonga chiqqan emas.14 Muso sahroda bronza ilonni xodaga mahkamlab, qanday yuqoriga koʻtargan boʻlsa, Inson Oʻgʻli ham xuddi shunday yuqoriga koʻtarilishi kerak.15 Shu tariqa imonga kelgan har bir kishi U orqali abadiy hayotga ega boʻladi.
16 Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, Oʻzining yagona Oʻgʻlini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok boʻlmasin, balki abadiy hayotga ega boʻlsin.
17 Xudo dunyoni hukm qilish uchun emas, balki Oʻgʻli orqali qutqarish uchun Uni dunyoga yubordi.18 Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum boʻlgan, chunki u Xudoning yagona Oʻgʻliga ishonmadi.
19 Hukm shunday dalilga asoslangan: dunyoga nur keldi, ammo odamlar nurdan koʻra, zulmatni yaxshi koʻrdilar, chunki ularning qilmishlari yovuz edi.
20 Qabihlik qilgan odam nurdan nafratlanadi. Qilmishlari fosh boʻlmasligi uchun u nurdan qochadi.21 Haqiqat yoʻlini tutgan odam esa nurga keladi. Bunday odamning ishlari Xudo orqali qilinganligini nur hammaga ayon qiladi.

Yahyo choʻmdiruvchi Iso Masih haqida guvohlik beradi

22 Shundan keyin Iso shogirdlari bilan Yahudiya oʻlkasiga bordi. Iso ular bilan bir qancha vaqt u yerda qolib, odamlarni suvga choʻmdirdi.
23 Yahyo ham Saleym degan joyning yaqinidagi Eynon yerida xalqni suvga choʻmdirardi. U yer nihoyatda sersuv edi. Odamlar doim Yahyoning oldiga kelib, suvga choʻmdirilardi.24 Bu hodisalar Yahyo zindonga tashlanishdan oldin yuz bergan edi.
25 Shu mahal Yahyoning shogirdlari bilan bir yahudiy kishi orasida tahorat haqida bahs boʻldi.
26 Ular Yahyoning oldiga borib dedilar:
— Ustoz! Iordan daryosining sharqiy qirgʻogʻida yoningizdagi bir Odam haqida guvohlik bergan edingiz–ku, oʻsha Odam xalqni suvga choʻmdirib yuribdi, hamma Uning oldiga boryapti.
27 Bunga javoban Yahyo dedi:
— Agar osmondan berilmasa, inson hech narsa qila olmaydi.
28 “Men Masih emasman, faqat Uning oldidan yuborilganman”, deb aytgan soʻzlarimga oʻzlaringiz guvohsizlar.29 Kelin kuyovga tegishlidir. Kuyov joʻra esa kuyov yonida turib, uning ovozini eshitganidan sevinib xursand boʻladi. Xuddi shunday men ham bugun benihoyat shodman.30 Masih yuksalishi, men esa pasayishim kerak.
31 Yuqoridan kelgan Zot hammadan ustundir. Yerdan boʻlgan odam yerga mansubdir va yerga xos masalalar toʻgʻrisida gapiradi. Osmondan Kelgan esa hammadan ustundir.
32 U koʻrgani va eshitgani haqida guvohlik beradi, ammo hech kim Uning guvohligini qabul qilmaydi.33 Uning guvohligini qabul qilgan kishi esa Xudoning haqligini tasdiqlaydi.34 Xudo yuborgan Zot Xudoning soʻzlarini gapiradi. Zero, Xudo Oʻz Ruhini Unga cheksiz–oʻlchovsiz beradi.35 Ota Oʻgʻlini yaxshi koʻradi, U hamma narsani Oʻgʻlining qoʻliga topshirgan.36 Xudoning Oʻgʻliga ishongan har bir odam abadiy hayotga ega boʻladi. Oʻgʻilni rad etgan odam esa hayot koʻrmay, Xudoning gʻazabi ostida qoladi.