Ilohiy zotlaribroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Xudoning oʻgʻillari yoki Xudolarning oʻgʻillari (shu bobning 4–oyatida ham bor). Bu ibroniycha ibora Eski Ahdning boshqa joylarida ham ilohiy zotlarga nisbatan ishlatilgani uchun (Ayub 1:6, 2:1, 38:7 ga qarang), olimlarning aksariyati bu ibora mazkur oyatda ham ilohiy zotlarni bildiradi, deb taʼkidlashadi (yana 1 Butrus 3:19-20, 2 Butrus 2:4, Yahudo 6-7–oyatlarga qarang). Biroq baʼzi olimlar Eski Ahdning boshqa oyatlariga asoslangan holda (misol uchun, Qonunlar 14:1, 2 Shohlar 7:14 ga qarang), bu yerda inson zoti haqida soʻz yuritilgan deb aytishadi, chunki bunga oʻxshash iboralar oʻsha oyatlarda odamga nisbatan ishlatilgan. Bu olimlardan baʼzilarining sharhlashicha, mazkur ibora oʻziga katta haramlar yaratgan, qudratli hukmdorlar boʻlgan Lamexga oʻxshash (4:19 ga qarang) magʻrur kishilarga ishora qiladi. Boshqa olimlarning taʼkidlashi boʻyicha, bu oyatda Shisning avlodlari nazarda tutilgan. Shis Nuh paygʻambarning, shuningdek, Xudo tanlagan Isroil xalqining bobokaloni edi. Bu nuqtayi nazarga binoan Shisning avlodlari Qobilning avlodiga mansub boʻlgan ayollarga (“matnda chiroyli qizlar”, deb aytilgan) uylangan va shu tufayli fosiq yoʻlga kirganlar (bu oyatga tegishli keyingi izohni oʻqing).
bu qizlaribroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi inson zotining qizlari (shu bobning 4–oyatida ham bor). Koʻp olimlarning sharhlashicha, bu ibroniycha ibora umuman ayollarga nisbatan ishlatilgan. Biroq olimlarning baʼzilari bu yerda aynan Qobilning avlodiga mansub boʻlgan ayollar nazarda tutilgan, deb taʼkidlashadi (bu oyatga berilgan yuqoridagi izohni oʻqing). Xudo Qobilni laʼnatlagan edi (4:10-12 ga qarang).
Ruh — bu oyatda barcha jonzotga hayot ato etuvchi Xudoning hayotbaxsh qudrati nazarda tutilgan.
Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi… — yoki Mening Ruhim insonlar bilan abadiy kurashmaydi….
…ular oʻladigan jonlardir — yoki …ular yaramasdir.
ulkan pahlavonlaribroniycha matnda nefilim. Bu soʻz haybatli va kuchli odamlarga nisbatan ishlatilgan (yana Sahroda 13:34 ga qarang). Toʻfondan oldin yashagan Nefilimlar bu oyatda va mazkur bobning 2–oyatida tilga olingan ilohiy zotlar va ayol zotining avlodlari edilar.
ayol zotiibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi inson zotining qizlari. Shu bobning 2–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.
Qattiq yogʻochibroniycha matnda gofer yogʻochi. Qanday turdagi yogʻoch ekanligi nomaʼlum.
…uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak… — uzunligi taxminan 135 metrga, kengligi taxminan 22,5 metrga, balandligi taxminan 13,5 metrga toʻgʻri keladi.
bir tirsak — taxminan 45 santimetrga toʻgʻri keladi.
Kemaning tomini yasaganingda…ochiq joy qoldir — yoki Kemaning gir aylanasida, tomdan bir tirsak pastrogʻida ochiq joy qoldir.
Job.1.6; Job.2.1; Ps.88.7
Ps.77.39; Ps.89.10
Num.13.34
Prov.6.18; Matt.12.34
1Sam.15.10-1Sam.15.11
Job.1.1

MUQADDAS KITOB

2016, 2018, 2020

Muqaddas Kitob

Lugʻatdagi rasmlar

© OʻBJ, 2006; Horace Knowles © The British Foreign Bible Society 1954, 1967, 1972.

Rasmlar va loyihalar

Muqaddas chodir; Shoh Sulaymon qurdirgan Maʼbad
© OʻBJ, 2006.
Hizqiyol vahiyda koʻrgan Maʼbadning loyihasi
© UBS, 1999.
Shoh Hirod qurdirgan Maʼbad loyihasi (Iso Masih davrida); Shoh Hirod qurdirgan Maʼbad (Iso Masih davrida)
Horace Knowles © The British Foreign Bible Society 1954, 1967, 1972.

Xaritalar

Qadimiy davrdagi Yaqin Sharq; Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin bosib oʻtgan yoʻl; Kanʼon va uning atrofidagi yerlarning tabiiy xaritasi; Oʻn ikki qabilaning hududi; Quddus (shohlar davrida); Isroil shohligi (Shoul, Dovud va Sulaymon davrida); Isroil va Yahudo shohliklari; Ossuriya shohligi; Falastin va uning atrofidagi yerlar (Iso Masih davrida); Quddus (Iso Masih davrida)
© UBS, 1999.
Bobil shohligi (Yahudo xalqi surgun qilingan davrda); Fors shohligi; Iskandar Zulqarnayn shohligi
© B H Publishing Group, 1998.
Rim imperiyasi
© Lion Hudson PLC, 2004.
Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan birinchi safari; Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safari; Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan uchinchi safari; Pavlusning Rimga olib ketilishi
© UBS, 1994.
Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan
ISBN 978-5-93943-213-9
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016

IBTIDO

(TAVROTNING BIRINCHI KITOBI)

Kirish

Ibtido kitobi Tavrotning birinchi kitobidir. Mazkur kitobda olamning yaratilishi, inson zotining paydo boʻlishi, Isroil xalqining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Butun borliqni, yer yuzidagi jamiki xalqlaru shohliklarni, insoniyat tarixini yagona Xudo boshqarishiga kitobda alohida urgʻu beriladi.
Ibtido kitobining birinchi qismida (1-11–boblar) olam va insoniyatning Ibrohim paygʻambargacha boʻlgan davri hikoya qilinadi. Xudo hamma narsani juda ajoyib qilib yaratgan edi, lekin ilk yaratilgan ikki inson — Odam Ato bilan Momo Havo Xudoga itoat etmadilar. Ularning itoatsizligi tufayli dunyoga gunoh kirib keldi. Insonlar shu qadar gunohga botib ketdilarki, Nuh paygʻambardan va uning oilasidan tashqari, jamiki insoniyatni qirib tashlash uchun Xudo yer yuziga toʻfon yuborishga qaror qildi. Nuh va uning oilasi Xudoga itoat etardi, shuning uchun Xudo Nuhga: “Oʻzingni, oilangni, hayvonlar va qushlarning har bir turini saqlab qolish uchun katta kema yasa”, deb amr etdi. Toʻfondan keyin odamzod yana yer yuzi boʻylab yoyildi. Lekin ularning koʻpchiligi yana Xudoga itoat etmay qoʻydi.
Ibtido kitobining qolgan qismi (12-50–boblar) Ibrohim va uning xonadoni tarixiga oid voqealarni qamrab oladi. Xudo Ibrohim xonadonini, Oʻzimning xalqim qilaman, deb tanlab oladi. Ibrohim va uning xotini Sora befarzand edilar, lekin Xudo ularga farzand vaʼda qilib, oʻsha farzand orqali jamiki xalqlarga baraka berishini aytadi.
Xudoning amri bilan Ibrohim va Sora oʻzlarining ona yurtini tark etib, Kanʼon yurtiga koʻchib boradilar. Xudo bu yurtni ularning nasliga berishni vaʼda qilgan edi. Ibrohim bilan Sora ancha keksayib qolganlarida, Xudo Oʻz vaʼdasini bajarib, ularga oʻgʻil ato etadi, ular oʻgʻlining ismini Isʼhoq qoʻyadilar. Isʼhoq ikki oʻgʻil koʻradi, oʻgʻillariga Yoqub va Esov deb ism qoʻyadi. Yoqub oʻn ikki oʻgʻil koʻradi. Ular Isroilning oʻn ikki qabilasiga asos soladilar.
Kitobning oxirida Yoqubning oʻgʻli Yusuf haqida hikoya qilinadi. Yusufning aka–ukalari uni Ismoiliy savdogarlariga qul qilib sotib yuborishadi. Lekin vaqti kelib, Yusuf Misr hokimi boʻladi. Shu orqali u qahatchilik davrida Misr xalqini va otasi Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi. Mazkur kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo insoniyat taqdirini boshqaradi, yuz berayotgan hamma hodisalarni nazorat qiladi, hatto insonning yomon niyatiyu qabih ishlarini Oʻzining ezgu rejasini amalga oshirish uchun ishlatadi. Misr yurtida Yusuf aka–ukalariga shunday deydi: “Sizlar menga ravo koʻrgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi.” (Ibtido 50:20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Insoniyatning qabihligi

1 Yer yuzida insonlar borgan sari koʻpaya boshladi. Qizlar ham tugʻilgan edi.
2 Ilohiy zotlar, bu qizlar chiroyli ekan, deb yoqtirganlarini oʻzlariga xotin qilib olaverdilar.3 Shunda Egamiz aytdi: “Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi, chunki ular oʻladigan jonlardir. Kelgusida ular 120 yil umr koʻrsin.”4 Oʻsha kunlarda, undan keyin ham bu olamda ulkan pahlavonlar yashadi. Ilohiy zotlar bilan ayol zotidan tugʻilgan bu pahlavonlar qadimgi davrning buyuk qahramonlari, mashhur jangchilari boʻlgan edilar.
5 Egamiz koʻrdiki, yer yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham koʻp ekan. Ularning koʻnglida faqat qabih niyat bor ekan.
6 Egamiz yer yuzida insonlarni yaratganidan pushaymon boʻldi, yurakdan afsuslandi.7 Egamiz aytdi: “Oʻzim yaratgan inson zotini yer yuzidan qirib yuboraman. Men inson bilan birga hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni ham qiraman, ularni yaratganimdan pushaymon boʻlyapman.”8 Faqat Nuh Egamizning marhamatiga sazovor boʻlgan edi.

Nuh

9 Nuhning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir:
Oʻsha davrda yer yuzidagi solih, benuqson odam faqat Nuh boʻlib, Xudoga hamroh boʻlib yashardi.
10 Nuhning Som, Xom, Yofas degan uchta oʻgʻli bor edi.
11 Endilikda yer yuzi Xudoning oldida axloqsizlikka, zoʻravonlikka toʻlib–toshib ketgan edi.
12 Xudo koʻrdiki, olam buzilib ketgan, yer yuzidagi jamiki insoniyat yoʻldan ozgan edi.13 Xudo Nuhga aytdi: “Men butun yer yuzidagi insonlarni qirib tashlashga qaror qildim. Chunki yer yuzi ularning dastidan zoʻravonlikka toʻlib–toshdi. Endi ularni butun yer bilan birga yoʻq qilmoqchiman.14 Qattiq yogʻochdan oʻzingga kema yasa, kemaning ichida xonalar ham yasab, kemaning ichki va tashqi tomonini qora saqich bilan suvab chiq.15 Kemaning uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak boʻlsin.16 Kemaning tomini yasaganingda, tom bilan kemaning devori oraligʻida bir tirsak ochiq joy qoldir. Eshigini kemaning yon tomonidan yasa. Kemani uch qavatli qilib yasa.17 Men yer yuzini toʻfonga bostirib, tirik jonzotning hammasini qirib tashlayman. Yer yuzidagi jamiki mavjudot nobud boʻladi.18 Sen bilan esa Men ahd qilaman. Sen kema ichiga kirasan, sen bilan birga oʻgʻillaring, xotining, kelinlaring ham kiradi.19 Hayvonlarning har bir turidan bir juftdan — erkagi va urgʻochisidan kema ichiga oʻzing bilan olib kirasan, toki toʻfon paytida ular sen bilan birga tirik qolsin.20 Qushlarning, hayvonlarning, sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har bir turidan juft–juft qilib, oʻzing bilan olib kirasan, toki ular tirik qolsin.21 Oʻzing bilan oziq–ovqatlarning har bir turidan gʻamlab ol. Oziq–ovqatlar oilang bilan barcha jonzotlarga yegulik boʻladi.”22 Nuh hamma narsani Xudo amr etganday qildi.