Bilxax va Zilponing oʻgʻillari30:1-13 ga qarang.
Yoqubibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 13–oyatida ham bor). 32:27-28 ga qarang.
beqasam chopon — yoki chiroyli chopon (shu bobning 23, 32–oyatlarida ham bor).
Shakam12:6 ning birinchi izohiga qarang.
Doʻtan — Shakamdan qariyb 25 kilometr shimolda joylashgan.
mirra — maʼlum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan xushboʻy modda.
Ismoiliyibroniycha matnda Midiyon naslidan kelib chiqqan (shu bobning 36–oyatida ham bor). Ismoil va Midiyon xalqlari Ibrohimning ikkita oʻgʻlidan kelib chiqqanlar (25:1-2, 12 ga qarang). Bu xalqlar yaqin qarindosh boʻlganlari uchun, ularning ikkalovini ham baʼzan Midiyon xalqi, baʼzan esa Ismoil xalqi deb atashardi.
yigirma boʻlak kumush — taxminan 230 grammga toʻgʻri keladi. Qadimgi paytlarda maʼlum vazndagi kumush boʻlaklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan.
…qaygʻudan kiyimlarini yirtib, qanorga oʻrandi — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Kiyimlarni yirtish va qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi.
Oʻliklar diyoriibroniycha matnda Sheoʻl. Qadimgi paytlarda odamlar Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi.
Gen.33.18
1Sam.17.18
2Kgs.6.13
Jer.38.6; Zech.9.11
Gen.25.12-Gen.25.16
Job.1.20

MUQADDAS KITOB

2016, 2018, 2020

Muqaddas Kitob

Lugʻatdagi rasmlar

© OʻBJ, 2006; Horace Knowles © The British Foreign Bible Society 1954, 1967, 1972.

Rasmlar va loyihalar

Muqaddas chodir; Shoh Sulaymon qurdirgan Maʼbad
© OʻBJ, 2006.
Hizqiyol vahiyda koʻrgan Maʼbadning loyihasi
© UBS, 1999.
Shoh Hirod qurdirgan Maʼbad loyihasi (Iso Masih davrida); Shoh Hirod qurdirgan Maʼbad (Iso Masih davrida)
Horace Knowles © The British Foreign Bible Society 1954, 1967, 1972.

Xaritalar

Qadimiy davrdagi Yaqin Sharq; Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin bosib oʻtgan yoʻl; Kanʼon va uning atrofidagi yerlarning tabiiy xaritasi; Oʻn ikki qabilaning hududi; Quddus (shohlar davrida); Isroil shohligi (Shoul, Dovud va Sulaymon davrida); Isroil va Yahudo shohliklari; Ossuriya shohligi; Falastin va uning atrofidagi yerlar (Iso Masih davrida); Quddus (Iso Masih davrida)
© UBS, 1999.
Bobil shohligi (Yahudo xalqi surgun qilingan davrda); Fors shohligi; Iskandar Zulqarnayn shohligi
© B H Publishing Group, 1998.
Rim imperiyasi
© Lion Hudson PLC, 2004.
Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan birinchi safari; Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safari; Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan uchinchi safari; Pavlusning Rimga olib ketilishi
© UBS, 1994.
Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan
ISBN 978-5-93943-213-9
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016

IBTIDO

(TAVROTNING BIRINCHI KITOBI)

Kirish

Ibtido kitobi Tavrotning birinchi kitobidir. Mazkur kitobda olamning yaratilishi, inson zotining paydo boʻlishi, Isroil xalqining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Butun borliqni, yer yuzidagi jamiki xalqlaru shohliklarni, insoniyat tarixini yagona Xudo boshqarishiga kitobda alohida urgʻu beriladi.
Ibtido kitobining birinchi qismida (1-11–boblar) olam va insoniyatning Ibrohim paygʻambargacha boʻlgan davri hikoya qilinadi. Xudo hamma narsani juda ajoyib qilib yaratgan edi, lekin ilk yaratilgan ikki inson — Odam Ato bilan Momo Havo Xudoga itoat etmadilar. Ularning itoatsizligi tufayli dunyoga gunoh kirib keldi. Insonlar shu qadar gunohga botib ketdilarki, Nuh paygʻambardan va uning oilasidan tashqari, jamiki insoniyatni qirib tashlash uchun Xudo yer yuziga toʻfon yuborishga qaror qildi. Nuh va uning oilasi Xudoga itoat etardi, shuning uchun Xudo Nuhga: “Oʻzingni, oilangni, hayvonlar va qushlarning har bir turini saqlab qolish uchun katta kema yasa”, deb amr etdi. Toʻfondan keyin odamzod yana yer yuzi boʻylab yoyildi. Lekin ularning koʻpchiligi yana Xudoga itoat etmay qoʻydi.
Ibtido kitobining qolgan qismi (12-50–boblar) Ibrohim va uning xonadoni tarixiga oid voqealarni qamrab oladi. Xudo Ibrohim xonadonini, Oʻzimning xalqim qilaman, deb tanlab oladi. Ibrohim va uning xotini Sora befarzand edilar, lekin Xudo ularga farzand vaʼda qilib, oʻsha farzand orqali jamiki xalqlarga baraka berishini aytadi.
Xudoning amri bilan Ibrohim va Sora oʻzlarining ona yurtini tark etib, Kanʼon yurtiga koʻchib boradilar. Xudo bu yurtni ularning nasliga berishni vaʼda qilgan edi. Ibrohim bilan Sora ancha keksayib qolganlarida, Xudo Oʻz vaʼdasini bajarib, ularga oʻgʻil ato etadi, ular oʻgʻlining ismini Isʼhoq qoʻyadilar. Isʼhoq ikki oʻgʻil koʻradi, oʻgʻillariga Yoqub va Esov deb ism qoʻyadi. Yoqub oʻn ikki oʻgʻil koʻradi. Ular Isroilning oʻn ikki qabilasiga asos soladilar.
Kitobning oxirida Yoqubning oʻgʻli Yusuf haqida hikoya qilinadi. Yusufning aka–ukalari uni Ismoiliy savdogarlariga qul qilib sotib yuborishadi. Lekin vaqti kelib, Yusuf Misr hokimi boʻladi. Shu orqali u qahatchilik davrida Misr xalqini va otasi Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi. Mazkur kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo insoniyat taqdirini boshqaradi, yuz berayotgan hamma hodisalarni nazorat qiladi, hatto insonning yomon niyatiyu qabih ishlarini Oʻzining ezgu rejasini amalga oshirish uchun ishlatadi. Misr yurtida Yusuf aka–ukalariga shunday deydi: “Sizlar menga ravo koʻrgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi.” (Ibtido 50:20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Yusuf va uning akalari

1 Isʼhoq vafot etgandan keyin, Yoqub yana Kanʼon yurtida — otasi yashagan yurtda oʻrnashdi.
2 Yoqubning xonadoni tarixi quyidagichadir:
Yusuf oʻn yetti yoshga kirganda, koʻpincha oʻgay akalari — Bilxax va Zilponing oʻgʻillari bilan birga otasining qoʻy–echkilarini boqqani borar edi. Yusuf akalari qilayotgan baʼzi yomon ishlardan otasini xabardor qilib turar edi.
3 Yoqub Yusufni qarigan chogʻida koʻrgani uchun boshqa oʻgʻillariga qaraganda koʻproq yaxshi koʻrar edi. Yoqub Yusufga beqasam chopon olib berdi.4 Akalari koʻrdilarki, otalari Yusufni ulardan ortiq yaxshi koʻrar ekan. Shuning uchun akalari Yusufni yomon koʻrib qoldilar, unga yaxshi gapirmasdilar.
5 Kunlarning birida Yusuf tush koʻrdi. U akalariga tushini aytib berganda, akalari Yusufni battar yomon koʻrib qoldilar.
6 Yusuf akalariga shunday dedi:
— Quloq solinglar, koʻrgan tushimni sizlarga aytib beray.
7 Biz dalada bugʻdoy bogʻlayotgan ekanmiz. Birdan mening bogʻlamim koʻtarilib, tik turdi. Sizlarning bogʻlamlaringiz mening bogʻlamimni oʻrab olib, taʼzim qilayotgan emish.
8 — Eh–ha, sen hali bizning ustimizdan shoh boʻlmoqchimisan, sen–a?! — deb akalari kinoya bilan undan soʻrashdi. Koʻrgan tushini aytib bergani uchun akalari uni yana ham yomon koʻrib qolishgan edi.
9 Keyinroq Yusuf yana tush koʻrdi va tushini akalariga aytib berdi:
— Qaranglar, yana tush koʻribman. Tushimda quyosh, oy va oʻn bitta yulduz menga taʼzim qilib turgan emish.
10 Lekin Yusuf tushini otasi bilan akalariga aytib berganda, otasi unga tanbeh berdi:
— Qanaqa tush koʻrding oʻzi?! Men, onang, akalaring sening oldingga kelib, tiz choʻkishimiz kerak ekan–da?!
11 Akalari Yusufga hasad qilishardi. Lekin otasi bu voqeani doimo esida tutdi.

Yusufni akalari sotib yuborishadi

12 Bir kuni Yusufning akalari otalarining qoʻy–echkilarini boqish uchun Shakamga ketishdi.
13 Yoqub Yusufga:
— Akalaring Shakamda qoʻy–echkilarni boqishyapti, — dedi. — Seni akalaring oldiga yuborsam, degandim.
— Xoʻp boʻladi, otajon, — dedi Yusuf.
14 — Borib bil–chi, akalaring tinch–omon yurishibdimikan, qoʻy–echkilarning ahvoli yaxshimikan, — dedi Yoqub, — keyin menga xabarini olib kel.
Shunday qilib, Yoqub Yusufni Xevron vodiysidan yoʻlga joʻnatdi.
Yusuf Shakamga yetib keldi.
15 Oʻsha atrofda aylanib yurgan edi, bir odam uni koʻrib qoldi.
— Nimani izlab yuribsan? — deb soʻradi haligi odam.
16 — Akalarimni izlab yuribman, — dedi Yusuf. — Mabodo bilmaysizmi, qoʻy–echkilarni qayerda boqib yurishibdi ekan?
17 — Ular bu yerdan ketishgan, — dedi oʻsha odam. — Akalaring, Doʻtanga boramiz, deb aytganlarini eshitgan edim.
Yusuf akalarini izlab Doʻtanga ketdi. Ularni oʻsha yerdan topdi.
18 Ular uzoqdan Yusufni koʻrishdi. Yusuf kelmasdan oldin, akalari uni oʻldirish uchun fitna tayyorlab qoʻydilar.19 Ular bir–birlariga:
— Ana, tush koʻruvchi kelyapti, — deyishdi.
20 — Kelinglar, uni oʻldirib, chuqur sardobaga tashlaymiz. Uni yovvoyi hayvon yeb ketdi, deb gap tarqatamiz. Oʻshanda koʻramiz uning tushlari haqiqatga aylanishini!
21 Lekin Ruben Yusufni ularning qoʻlidan qutqarmoqchi boʻldi:
— Uning joniga qasd qilmaylik,
22 — dedi Ruben, — qon toʻkmaylik. Uni anavi sardobaga tiriklayin tashlab yubora qolaylik. Zinhor unga qoʻl tekkizmaylik.
Ruben Yusufni ularning qoʻlidan qutqarib, otasi yoniga qaytarmoqchi edi.
23 Shunday qilib, Yusuf yetib kelgach, akalari uning beqasam choponini yechib oldilar–da,
24 oʻzini sardobaga tashlab yubordilar. Sardoba suv saqlash uchun foydalanilardi–yu, oʻsha paytda quruq edi.
25 Shundan keyin ular ovqatlanib oʻtirishgan edi, uzoqdan shu tomonga kelayotgan tuyalar karvonini koʻrib qolishdi. Karvon Ismoiliy savdogarlari boʻlib, tuyalarga Giladdan xushboʻy ziravorlar, mumiyo, mirra yuklab, Misrga olib ketishayotgan edi.
26 Shunda Yahudo aka–ukalariga dedi:
— Ukamizni oʻldirib, qonini yashirganimiz bilan biror foyda toparmidik?!
27 Yaxshisi, anavi savdogarlarga sotaylik. Shunda uning oʻlimida javobgar boʻlib qolmaymiz. Nima boʻlganda ham, u ukamiz, jigarimiz–ku!
Hamma aka–ukalari rozi boʻlishdi.
28 Ismoiliy savdogarlari oʻtib ketishayotganda, Yusufni akalari sardobadan tortib chiqardilar va uni yigirma boʻlak kumushga sotdilar. Savdogarlar Yusufni Misrga olib ketdilar.
29 Bir payt Ruben sardoba oldiga qaytib kelib qarasa, sardobada Yusuf yoʻq. Ruben qaygʻudan kiyimlarini yirtdi.
30 U ukalari oldiga qaytib keldi va:
— Bola u yerda yoʻq! Endi nima qilaman–a! — deb yigʻladi.
31 Soʻng ular bir echkini soʻyib, Yusufning choponini echkining qoniga botirdilar.32 Ular beqasam choponni otalariga olib keldilar.
— Mana bu choponni daladan topib oldik. Qarang–chi, bu Yusufning choponimikan yoki yoʻqmi?
33 Yoqub Yusufning choponini tanidi.
— Evoh! Bu oʻgʻlimning choponi–ku! Yusuf oʻgʻlimni birorta yovvoyi hayvon yegan! Oʻgʻilginam tilka–pora boʻlgan!
34 Yoqub qaygʻudan kiyimlarini yirtib, qanorga oʻrandi. Oʻgʻli uchun uzoq vaqt aza tutdi.
35 Oʻgʻillari, qizlari unga tasalli berishga harakat qilishardi. Lekin u tasalli topishni istamasdi. “Oʻliklar diyoriga, oʻgʻlimning oldiga borgunimcha aza tutaman”, deb aytardi. Shunday qilib, Yoqub oʻgʻliga aza tutaverdi.
36 Shu orada Ismoiliy savdogarlari Yusufni Misrda Poʻtifar degan odamga sotishdi. Poʻtifar Misr shohi — firʼavnning aʼyonlaridan biri — saroy qoʻriqchilarining boshligʻi edi.