Ibrom11:26 izohiga qarang.
Xoron11:31 izohiga qarang.
Soray11:29 izohiga qarang.
Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda joylashgan shahar.
eman daraxti — yoki terebint daraxti, oʻsha oʻlkalarga xos boʻlgan ulkan daraxt. Koʻpincha bunday ulkan daraxtlar maʼlum bir joy belgisi sifatida ishlatilib, muhim diniy marosimlar bilan chambarchas bogʻliq edi.
Baytil bilan Ay shaharlarining oʻrtasida… — Baytil Quddusdan qariyb 19 kilometr shimolda, Ay shahri esa Baytildan qariyb 3 kilometr sharqda joylashgan.
Nagav choʻli — hozirgi Isroilning janubida, Oʻlik dengizning janubi–gʻarbida joylashgan yerlar.
Acts.7.4
Gen.18.18; Gen.22.18; Gen.26.4; Gen.28.14; Gal.3.8
Gen.41.54
Gen.20.2; Gen.20.12
Mundarija
Lugʻat

Kirish

Ibtido kitobi Tavrotning birinchi kitobidir. Mazkur kitobda olamning yaratilishi, inson zotining paydo boʻlishi, Isroil xalqining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Butun borliqni, yer yuzidagi jamiki xalqlaru shohliklarni, insoniyat tarixini yagona Xudo boshqarishiga kitobda alohida urgʻu beriladi.
Ibtido kitobining birinchi qismida (1-11–boblar) olam va insoniyatning Ibrohim paygʻambargacha boʻlgan davri hikoya qilinadi. Xudo hamma narsani juda ajoyib qilib yaratgan edi, lekin ilk yaratilgan ikki inson — Odam Ato bilan Momo Havo Xudoga itoat etmadilar. Ularning itoatsizligi tufayli dunyoga gunoh kirib keldi. Insonlar shu qadar gunohga botib ketdilarki, Nuh paygʻambardan va uning oilasidan tashqari, jamiki insoniyatni qirib tashlash uchun Xudo yer yuziga toʻfon yuborishga qaror qildi. Nuh va uning oilasi Xudoga itoat etardi, shuning uchun Xudo Nuhga: “Oʻzingni, oilangni, hayvonlar va qushlarning har bir turini saqlab qolish uchun katta kema yasa”, deb amr etdi. Toʻfondan keyin odamzod yana yer yuzi boʻylab yoyildi. Lekin ularning koʻpchiligi yana Xudoga itoat etmay qoʻydi.
Ibtido kitobining qolgan qismi (12-50–boblar) Ibrohim va uning xonadoni tarixiga oid voqealarni qamrab oladi. Xudo Ibrohim xonadonini, Oʻzimning xalqim qilaman, deb tanlab oladi. Ibrohim va uning xotini Sora befarzand edilar, lekin Xudo ularga farzand vaʼda qilib, oʻsha farzand orqali jamiki xalqlarga baraka berishini aytadi.
Xudoning amri bilan Ibrohim va Sora oʻzlarining ona yurtini tark etib, Kanʼon yurtiga koʻchib boradilar. Xudo bu yurtni ularning nasliga berishni vaʼda qilgan edi. Ibrohim bilan Sora ancha keksayib qolganlarida, Xudo Oʻz vaʼdasini bajarib, ularga oʻgʻil ato etadi, ular oʻgʻlining ismini Isʼhoq qoʻyadilar. Isʼhoq ikki oʻgʻil koʻradi, oʻgʻillariga Yoqub va Esov deb ism qoʻyadi. Yoqub oʻn ikki oʻgʻil koʻradi. Ular Isroilning oʻn ikki qabilasiga asos soladilar.
Kitobning oxirida Yoqubning oʻgʻli Yusuf haqida hikoya qilinadi. Yusufning aka–ukalari uni Ismoiliy savdogarlarga qul qilib sotib yuborishadi. Lekin vaqti kelib, Yusuf Misr hokimi boʻladi. Shu orqali u qahatchilik davrida Misr xalqini va otasi Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi. Mazkur kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo insoniyat taqdirini boshqaradi, yuz berayotgan hamma hodisalarni nazorat qiladi, hatto insonning yomon niyatiyu qabih ishlarini Oʻzining ezgu rejasini amalga oshirish uchun ishlatadi. Misr yurtida Yusuf aka–ukalariga shunday deydi: “Sizlar menga ravo koʻrgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi.” (Ibtido 50:20)


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2016) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Xudo Ibromni tanlaydi

1 Shundan keyin Egamiz Ibromga dedi: “Oʻz yurtingdan, qarindosh–urugʻlaring oldidan — otang xonadonidan chiqib ket. Men senga bir yurtni koʻrsataman, oʻsha yerga borasan.
2 Buyuk xalqning otasi qilaman seni,
Baraka beraman senga,
Ulugʻ qilaman sening nomingni,
Baraka manbayi boʻlasan sen.
3 Men baraka berarman seni duo qilganlarga,
Seni laʼnatlaganlarni Men laʼnatlayman.
Sen orqali baraka toparlar
Yer yuzidagi jamiki xalqlar.”
4 Egamiz amr qilganday, Ibrom ketdi. Lut ham Ibrom bilan birga ketdi. Ibrom Xorondan chiqib ketganda, yetmish besh yoshda edi.
5 Ibrom xotini Sorayni, jiyani Lutni, Xoronda xizmatga olgan odamlarini boshlab, toʻplagan jamiki mol–mulkini olib, Kanʼon yurtiga qarab yoʻlga tushdi. Nihoyat, ular Kanʼon yurtiga yetib kelishdi.6 Ibrom bu yurtda koʻchib yurib, Shakam yaqinidagi Moʻre nomli muqaddas eman daraxti yoniga yetib kelib toʻxtadi. Oʻsha paytlarda bu yurtda Kanʼon xalqi yashardi.7 Shu yerda Egamiz Ibromga zohir boʻlib: “Mana shu yurtni sening naslingga beraman”, dedi. Shunday qilib, Ibrom zohir boʻlgan Egamizga atab oʻsha yerda qurbongoh qurdi.8 Shundan soʻng Ibrom Baytilning sharqidagi qirlarga yoʻl oldi. Baytil bilan Ay shaharlarining oʻrtasida chodir tikdi. Chodirdan gʻarb tomonda Baytil, sharq tomonda Ay shaharlari bor edi. Bu yerda u qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi.9 Ibrom u joydan bu joyga koʻchib, janubga — Nagav choʻliga ketdi.

Ibrom Misrda

10 Oʻsha paytda Kanʼonda qahatchilik haddan ortiq avjiga chiqdi. Shuning uchun Ibrom, qahatchilik tugaguncha kutib turay deb, Misrga yoʻl oldi.
11 Ibrom Misr chegarasiga yaqinlashganda, xotini Sorayga dedi:
— Sen juda ham goʻzal ayolsan.
12 Misrliklar seni koʻrganlarida: “Manavi ayol — uning xotini”, deb aytishadi. Meni oʻldirib, seni tirik qoldirishadi.13 Sen, uning singlisiman, deb aytgin, toki sen tufayli Misrliklar menga yaxshi munosabatda boʻlsinlar, jonimga rahm qilsinlar.
14 Ibrom Misrga kirib kelganda, Sorayning goʻzalligi hammaning ogʻzida duv–duv gap boʻldi.
15 Saroy aʼyonlari ham Sorayni koʻrishgach, uni firʼavnga rosa maqtashdi. Shunday qilib, Sorayni firʼavnning saroyiga olib kelishdi.16 Firʼavn Soray tufayli Ibromga ham koʻp muruvvat qildi: mol–qoʻy, eshaklar, qul va choʻrilar, tuyalar inʼom qildi.
17 Lekin firʼavn Sorayni oʻz haramiga olmoqchi boʻlgani uchun, Egamiz firʼavn xonadoniga dahshatli oʻlat kasalligini yubordi.
18 Firʼavn Ibromni chaqirtirib kelib, unga dedi:
— Bu nima qilganing? Nima qilib qoʻyding meni? Nimaga Soray xotining ekanini menga aytmading?
19 Nimaga, u mening singlim, deb aytding? Gapingga ishonib, uni oʻzimga xotin qilib olmoqchi boʻldim–a! Mana xotining, ol–da, koʻzimdan yoʻqol!
20 Firʼavn oʻz odamlariga farmon bergan edi, ular Ibromni xotini, hamma odamlari va mol–mulki bilan birga yurtdan chiqarib yubordilar.