…oʻz qoʻlim bilan…1 Korinfliklar 16:21 izohiga qarang.
qonun2:16 izohiga qarang.
yangidan yaratilish2 Korinfliklar 5:17 ga qarang.
tanamdagi chandiqlar — Pavlusning Iso Masihga bagʻishlangan havoriy sifatida qilgan xizmati jarayonida yaralangandan qolgan chandiqlariga ishora (misol uchun, Havoriylar 14:19 ga qarang).
1Cor.2.15; Jas.5.19; 2Tim.2.25; 1Thess.5.14
Rom.15.1; 1John.4.21
1Cor.3.7; 1Cor.8.2
Rom.14.12
Luke.10.7; 1Cor.9.11; 1Tim.5.18
Job.13.9; Job.4.8; Prov.22.7; 2Cor.9.6
Prov.11.19; Hos.10.12; Jas.3.18
2Thess.3.13; Matt.10.22
Prov.3.27; 3John.1.5; Heb.13.1
1Cor.16.21; 2Thess.3.17; Phlm.1.19
1Cor.2.2; Gal.2.19; Rom.6.6
1Cor.7.19; 1Cor.12.13; Gal.5.6; Eph.2.14; Col.3.11
Ps.124.5; Ps.127.5

PAVLUSNING

GALATIYALIKLARGA

MAKTUBI

Kirish

Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Galatiya Rim imperiyasining bir viloyati boʻlib, hozirgi Turkiyaning markaziy qismida joylashgan edi. Havoriy Pavlus Galatiyaning baʼzi hududlarida Iso Masih haqidagi Xushxabarni targʻib etdi. Buning natijasida u yerda imonlilar jamoatining bir nechtasi vujudga keldi.
Bir qancha vaqt oʻtgandan keyin Pavlusga qarshi boʻlgan baʼzi odamlar Galatiyaga borib, u yerdagi jamoatlarga oʻz taʼsirini oʻtkaza boshladilar. Ularning taʼlimoti boʻyicha, inson Xudoning nazarida solih boʻlishi uchun nafaqat Iso Masihga imon keltirishi, balki yahudiy dinining qonunlarini bajarishi lozim edi. Bu odamlar Galatiyalik imonlilarni sunnat qilinishga undar edilar. Pavlus esa sunnatga emas, aksincha, imonga urgʻu beradi. U Galatiyalik masihiylarni qatʼiyan ogohlantirib, qonun boʻyinturugʻini taqmanglar, Masihdagi ozodlikdan mahrum boʻlmanglar, deb aytadi.
Pavlus bu maktubni jamoatdagi yolgʻon taʼlimotlarni fosh qilish niyatida yozgan. U Galatiyalik masihiylarni Iso Masihga boʻlgan haqiqiy imonni mahkam tutishga undaydi. Pavlus maktubda birinchi navbatda oʻzining Xudo tomonidan yuborilgan havoriy ekanini taʼkidlab, taʼlimoti haqqoniy ekaniga urgʻu beradi.
Maktub davomida muallif, inson faqatgina Iso Masihga boʻlgan imoni orqali Xudoning oldida oqlanadi, deb aytadi. Soʻng Ibrohim paygʻambarning hayotidan misollar keltiradi, qonun va imonning ziddiyati hamda ikkalasining asl mohiyatini tushuntiradi.
Maktubning soʻnggi boblarida Pavlus inson faqat imon bilan yashashi kerakligini taʼkidlaydi. Muqaddas Ruhdagi ozodlikdan bahra olib, Muqaddas Ruh boshchiligida yangi hayot kechirishi kerakligiga urgʻu beradi.


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Bir–biringizni qoʻllab–quvvatlanglar

1 Ey birodarlar, deylik, orangizdan birortasi gunoh qilib qoʻyganini bilib qoldingiz. Sizlar — Ruhning yetakchiligida hayot kechirayotganlar uni muloyimlik bilan toʻgʻri yoʻlga solinglar. Oʻzingizga ehtiyot boʻlinglar, tagʻin oʻzingiz ham vasvasaga yoʻliqib qolmanglar.
2 Boshingizga gʻam–tashvish tushganda, bir–biringizni qoʻllab–quvvatlanglar. Shunday qilsangizlar, Masihning amrlarini bajargan boʻlasizlar.3 Axir, biror kishi, garchi oʻzi hech kim boʻlmasa–yu, oʻzini muhim deb hisoblasa, oʻzini oʻzi aldagan boʻladi.4 Har kim oʻz ishini tekshirib koʻrsin. Shunda u faqat oʻzidan faxrlansa boʻladi, oʻzini boshqalar bilan solishtirishga hojat boʻlmaydi.5 Zotan, har kim oʻz aravasini oʻzi tortishi lozim.6 Kalomdan taʼlim oluvchi esa bor–yoʻgʻini ustozi bilan baham koʻrishi kerak.
7 Oʻzlaringizni aldamanglar! Xudoni laqillatib boʻlmaydi. Inson nima eksa, shuni oʻrib oladi.
8 Xudbin istaklarini qondirish uchun urugʻ ekkanlar oʻsha xudbin istaklari tufayli halokatni oʻrib oladilar. Ruhni mamnun qilish uchun urugʻ ekkanlar esa Ruhdan abadiy hayot oʻrib oladilar.9 Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, oʻz vaqtida buning hosilini oʻrib olamiz.10 Demak, hali fursat bor ekan, hammaga, ayniqsa, Masih xonadoniga tegishli boʻlganlarga yaxshilik qilaveraylik.

Muhimi yangidan yaratilishdir

11 Mana qaranglar, endi sizlarga oʻz qoʻlim bilan, qanday yirik harflar bilan yozyapman!
12 Sizlarni sunnat boʻlishga majbur qilayotganlar sirtdan yaxshi taassurot qoldirmoqchi boʻlyaptilar. Masihning xochi uchun quvgʻinga duchor boʻlmaylik, deya shunday qilyaptilar.13 Holbuki, sunnatni tatbiq qilayotganlarning oʻzlari ham qonunga rioya etmaydilar. Ular faqatgina sizlarning sunnat qilinganingiz bilan maqtanishni istaydilar.14 Men esa Rabbimiz Iso Masihning xochidan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. Oʻsha xoch tufayli bu dunyo men uchun oʻlgan, men esa bu dunyo uchun oʻlganman.15 Axir, sunnat qilingan yoki qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Muhimi — yangidan yaratilishdir.16 Bu qoidaga koʻra, yashayotganlarning hammasiga, yaʼni Xudoning haqiqiy xalqiga tinchlik va marhamat yor boʻlsin!
17 Endi hech kim menga aziyat keltirmasin. Axir, tanamdagi chandiqlar Isoga tegishli ekanligimni koʻrsatadigan tamgʻalar–ku!
18 Ey birodarlar, Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor boʻlsin. Omin.