Qonunlar 5:16 ga qarang.
Xushxabar siri3:2-6 ga qarang.
hibsdaman3:1 izohiga qarang.
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.
Exod.20.12; Prov.1.8; Prov.6.20; Prov.23.22
Deut.5.16
Deut.4.9; Deut.6.7; Prov.13.24; Prov.19.18; Prov.22.6
1Pet.2.18; Col.3.22; 1Tim.6.1; Titus.2.9
Gal.3.28
Col.3.24
Lev.25.43; Deut.10.17
2Cor.6.7; 2Cor.10.4; 1Pet.5.8; 1John.2.13
Luke.22.53; Col.1.13; Eph.1.21
Isa.11.5; Isa.59.17; 1Thess.5.8
Isa.52.7; Rom.10.15
1John.5.4
Heb.4.12
Luke.18.1; Luke.21.36; Jude.1.20; Rom.12.12; Col.4.2; 1Thess.5.17; Mark.13.33
Acts.4.29; Col.4.3; 1Thess.5.25; 2Thess.3.1
Acts.21.33; Acts.28.20; 2Cor.5.20
Col.4.7-Col.4.8
Acts.20.4
Col.2.2

PAVLUSNING

EFESLIKLARGA

MAKTUBI

Kirish

Mazkur maktub muallifi havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini qamoqda boʻlgan paytda1 Efes shahridagi imonlilar jamoatiga yozgan. Efes shahri Rim imperiyasidagi Asiya viloyatining markazi boʻlib, muhim ahamiyatga ega edi. Bu bandargoh shahar hozirgi Turkiyaning gʻarbida, Egey dengizi boʻyida joylashgan. Pavlus Xushxabarni yoyish va taʼlim berish maqsadida bir necha marta Efesga borgan, u yerda ikki yil yashagan.
Ushbu maktubda yangi ahd ilohiyotining asoslari batafsil va izchil tarzda bayon qilinadi. Pavlus bu maktubida imonlilarga Masihda pinhon boʻlgan aql bovar qilmas ilohiy boylik haqida yozadi, masihiylarni kundalik hayotlarida oʻsha ruhiy manbadan foydalanishga chaqiradi. Biz savob ishlarimiz tufayli emas, inoyat tufayli najot topganimizni, Xudoga hamdu sanolar aytish uchun yaralganimizni bizga eslatadi. Bularning hammasida Xudo yagona maqsadni koʻzlaydi: U yeru osmondagi bor mavjudotni Masihning hokimiyati ostiga birlashtirmoqchi ekanini aytadi (1:10 ga qarang). Xudo bu rejasini amalga oshirishni masihiylar jamoatidan boshlaydi. Iso Masihning toʻkilgan qoni tufayli jamoat Xudo bilan yarashib, yakdillikka erishadi. Jamoatning yakdilligi orqali Xudo butun borliqqa Oʻz donoligiyu ulugʻvorligini namoyon qiladi. Maktubda ishlatilgan metaforalar Xudoning jamoati Masihga tegishli ekanini koʻrsatadi. Masalan, jamoat bir tana boʻlsa, Masih uning boshidir, jamoat bino boʻlsa, Masih uning tamal toshidir.
Maktubning dastlabki qismida (1-3–boblar) samoda biz uchun saqlangan ruhiy barakalar haqida yozilgan. Xudo Oʻz xalqini tanlagani, Iso Masih orqali ularni kechirib, gunohlaridan xalos etgani, qut–barakalarga kafil sifatida ularga Muqaddas Ruhni bergani bayon etiladi. Pavlus masihiylarni duo qilib, ular uchun Xudoga yolvoradi. Uning nihoyatda goʻzal va chuqur mazmunga ega boʻlgan bu mumtoz ibodatlari odamlarga yod boʻlib ketgan (1:15-23, 3:14-21 ga qarang).
Maktubning soʻnggi qismida (4-6–boblar) Pavlus imonlilarga nasihatlar qiladi. Ularni Masihga munosib hayot kechirishga, Xudoning farzandi degan nomga loyiq tarzda yashashga undaydi. Bir vaqtlar ular zulmatga gʻarq boʻlgan edilar, endi esa ular nurga toʻla insonlar kabi yashashi lozim. Mana shu nur ularning hayot tarzida aks etib turishi kerak. Shuningdek, Pavlus er–xotinlik munosabatlari, ota–ona va farzandlar, xoʻjayin va qul munosabatlari haqida taʼlim beradi. Pavlus mazkur maktubini yakunlar ekan, yovuz ruhiy kuchlarga qarshi kurashish haqida soʻz yuritadi. Masihiylarni Xudo bergan qurol–aslahalar bilan qurollanib, iblisning hiylalariga qarshi turishga chaqiradi. Ularni har qanday sharoitda Muqaddas Ruhga tayanib duo–ibodat qilishga, hushyor va sabotli boʻlishga daʼvat qiladi.


1…qamoqda boʻlgan paytda…3:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:
1 Ey farzandlar, Rabbimiz Isoga tegishli boʻlganingiz uchun ota–onangizga itoat qilinglar, chunki shunday qilish toʻgʻridir.
2-3 Axir, Xudo shunday amr qilgan: “Ota–onangizni hurmat qiling. Oʻshanda yer yuzida umringiz uzoq boʻlib, baxtiyor yashaysiz.” Vaʼda qoʻshib berilgan birinchi amr oʻsha amrdir.4 Ey otalar, farzandlaringizning gʻashiga tegmang. Ularni Rabbimizning taʼlim–tarbiyasi bilan oʻstiring.
5 Ey qullar, Masihga chuqur izzat–ehtirom bilan, chin yurakdan itoat qilganingiz kabi, xoʻjayinlaringizga ham shunday itoat qilinglar.
6 Faqatgina insonlarni mamnun qilib, xoʻja koʻrsinga xizmat qiladigan odamlarga oʻxshamasdan, Masihning qullari kabi, chin koʻngildan Xudoning irodasini bajaringlar.7 Insonlarga emas, balki Rabbimiz Isoga xizmat qilayotgandek, bajonu dil xizmat qilinglar.8 Esingizda tuting: xoh qul, xoh erkin boʻlsin, har bir kishi qilgan yaxshiligiga yarasha mukofotni Rabbimizdan oladi.
9 Ey xoʻjayinlar, sizlar ham qullaringizga yaxshi muomalada boʻlinglar. Ularga doʻq–poʻpisa qilishni bas qilinglar, chunki bilasizlar–ku, ularning ham, sizlarning ham Xoʻjayiningiz samoda, U tarafkashlik qilmaydi.

Yovuzlikka qarshi kurash

10 Va nihoyat, Rabbimiz Iso sizning qudrat manbaingiz boʻlsin, Uning buyuk qudrati sizlarni baquvvat qilsin.
11 Iblisning hiylalariga qarshi tura olishingiz uchun Xudo bergan barcha qurol–aslahalar bilan qurollaning.12 Axir, bizning kurashimiz insonlarga qarshi emas, balki samoviy olamdagi yovuz ruhiy kuchlarga, ruhiy hokimiyat va hukmronlikka hamda bu qorongʻi dunyoni boshqarayotgan ruhiy hukmronlarga qarshidir.13 Shu sababdan, Xudoning qurol–aslahalari bilan qurollaning, deb aytyapman. Shunda yovuzlikka toʻla kunlarda mahkam tura olasiz, qurollanib tayyor turgan boʻlasiz.
14 Hushyor turinglar! Belingizga haqiqat kamarini taqinglar, koʻksingizga solihlik sovutini kiyinglar,
15 tinchlik Xushxabarini yoyish uchun oyogʻingizga ildamlik poyabzalini kiyinglar.16 Bularga qoʻshib, imon qalqonini qoʻlga olinglar. Shu qalqon bilan yovuz shaytonning hamma alangali oʻqlarini kuchdan qoldirasizlar.17 Shuningdek, boshingizga najot dubulgʻasini kiyinglar, Ruh beradigan, Xudoning kalomi boʻlgan qilichni koʻtaringlar.
18 Har qanday sharoitda Muqaddas Ruhga tayanib duo–ibodat qilinglar. Ibodatda hushyor va sabotli boʻlib, Xudoning barcha azizlari uchun iltijo qilinglar.
19 Men uchun ham ibodat qilinglar. Men ogʻzimni ochganimda, zarur boʻlgan soʻz menga berilsin, toki qoʻrqmasdan Xushxabar sirini bayon eta olayin.20 Shu Xushxabarning elchisi boʻlganim uchun hibsdaman. Elchiga loyiq ravishda men Xushxabarni jasurlik bilan eʼlon qilishim uchun ibodat qilinglar.

Soʻnggi tilaklar

21 Tixikus sizlarga mening hol–ahvolimni, nimalar qilayotganimni aytib beradi. U suyukli birodarimiz, Rabbimiz Isoning sodiq xizmatkoridir.
22 Mana shu maqsadda, bizning ahvolimizni sizlarga bildirsin, sizlarga dalda bersin deb, uni sizlarning oldingizga yuboryapman.
23 Birodarlarim, Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga tinchlik, mehr–muhabbat va imon ato qilsin.
24 Rabbimiz Iso Masihni yaxshi koʻrganlarning hammasiga to abad Xudoning inoyati yor boʻlsin.