YahudoYahudo qabilasi Isroilning janubiy qismidagi eng katta qabila edi. Shoh Sulaymon vafotidan keyin shimoldagi oʻnta qabila janubdagi Yahudo va Benyamin qabilalaridan ajralib chiqdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Yahudo va Benyamin qabilalari janubiy shohlik deb ataladigan boʻldi. Janubiy shohlikning poytaxti Quddus boʻlib qolaverdi, ularning oʻz hukmdorlari bor edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang.
Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yili — miloddan oldingi 605 yil.
Rabbiy Yohayiqimni Navuxadnazarning qoʻliga berdi — Yohayiqim uch yil davomida Navuxadnazarga qaram boʻldi. Oxiri, u Navuxadnazarga qarshi isyon koʻtardi. Yohayiqim Quddusda vafot etgan boʻlishi mumkin (4 Shohlar 24:1-6 ga qarang). Shundan keyin uning oʻgʻli Yohayixin Yahudo taxtiga oʻtirdi. Navuxadnazar uni miloddan oldingi 597 yilda Bobilga asir qilib olib ketdi (4 Shohlar 24:8-15 ga qarang).
Bobilibroniycha matnda Shinar, Mesopotamiyadagi, yaʼni Dajla va Furot daryolari orasida joylashgan yerlardagi bir hududning qadimgi nomi. Bobil shohligi dastlab shu yerda barpo boʻlib, keyinchalik koʻp yerlarni egallagan buyuk shohlik boʻlgan.
mulozim — qadimda saroy xizmatida boʻlgan kishi (shu bobning 7, 8, 9, 10, 11, 18–oyatlarida ham bor). Mulozim hukmdorning yoki saroydagi yuqori lavozimdagi amaldorning farmonlarini, topshiriqlarini bajargan va ularning nomidan ish yuritish huquqiga ega boʻlgan. Bu oʻrindagi ibroniycha soʻz bichilgan erkakka nisbatan ham ishlatilgan. Hukmdorning xonadonidagi ayollar bilan koʻp muloqot qilish zarurati boʻlgani uchun bu mulozimlar koʻpincha bichib qoʻyilar edi.
bobil tiliibroniycha matnda xaldey tili, oʻsha vaqtda Bobil yurti Xaldeylar yurti deb ham atalardi.
Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulgʻanishni xohlamadi… — qadimgi paytlarda odamlar oʻz xudolariga qurbonlik qilingan hayvonning goʻshtini tanovul qilishardi, sharob ham mana shu qurbonlikka qoʻshib nazr qilinardi. Ehtimol, shoh dasturxonidagi baʼzi bir yeguliklar, Muso qonuniga koʻra, harom hisoblangandir (Levilar 11:1-47 ga qarang). Mana shu sabablarga koʻra, Doniyor shohona yeguliklarni rad etgan.
sizlar — yaʼni Doniyor va uning doʻstlari Shadrax, Meshax va Abednaxu. Doniyorning doʻstlari ham, Doniyor bilan bir qatorda, shohona yegulikdan voz kechganlari koʻrinib turibdi.
shoh Kurush hukmronligining birinchi yili — miloddan oldingi 538 yil. Midiya va Fors lashkarlari shoh Kurush boshchiligida Bobil shahrini miloddan oldingi 539 yilda bosib olgan edilar. Shoh Kurush miloddan oldingi 530 yilgacha Bobilda hukmronlik qildi. U Kir ismi bilan ham tanilgan.
2Kgs.24.1; Jer.25.1; 2Chr.36.5-2Chr.36.7
2Kgs.24.13; 2Chr.36.10
Ezek.14.14; Ezek.14.20
2Kgs.23.34; 2Kgs.24.17
Ezek.4.13; Hos.9.3
Gen.39.21
Rom.14.2
Gen.41.12
Gen.41.8; Gen.41.24
Dan.6.28; Dan.10.1

DONIYOR

PAYGʻAMBARNING

KITOBI

Kirish

Mazkur kitobning bosh qahramoni Doniyor paygʻambardir. U ibroniy zodagonlarining oilasida tavallud topib, ulgʻayadi va miloddan oldingi 605 yilda boshqa asirlar qatorida shoh Navuxadnazar tomonidan Bobilga surgun qilinadi. Doniyor Bobil shohining saroyida xizmat qila boshlaydi. Miloddan oldingi 539 yilda Midiya va Fors qoʻshinlari Bobil taxtini egallaganlaridan keyin ham, Doniyor saroydagi xizmatini davom ettiradi.
Kitobning birinchi qismida (1-6–boblar) muallif bizga oʻspirin Doniyorni va uning uch doʻstini tanishtiradi, ularning tirishqoqligi, isteʼdodi va diyonati haqida soʻz yuritib, Bobil saroyida yuz bergan hodisalar haqida bizni boxabar qiladi. Shuningdek, jahon xalqlarining taqdiri va Xudoning abadiy hukmronligi haqida soʻz yuritadi. Ushbu kitobda Doniyor va uning uch doʻsti Bobil hukumatida yuksak obroʻ–eʼtiborga ega boʻlganlari haqida hikoya qilinadi. Ularning hayoti bir necha marta xavf ostida qoladi, shunga qaramay, ular Xudoga oxirigacha sodiq qolishadi. Bobil shohligi birlashgan Midiya va Fors shohligiga magʻlub boʻlgandan keyin, Doniyorning yangi hukumatga xizmat qilishi ham kitobning shu qismida bayon qilinadi.
Kitobning ikkinchi qismi (7-12–boblar) Doniyorga kelgan vahiylardan va farishta unga aytgan vahiy taʼbirlaridan tashkil topgan. Bu vahiylarda jahon xalqlarining taqdiri, yahudiy xalqining kelajagi va Xudoning abadiy hukmronligi haqida soʻz yuritiladi. Kelajakda tarix sahnasiga chiqadigan buyuk imperiyalarning hukmronligi va yahudiylar ularga tobe boʻlishi majoziy maʼnoda bayon qilinadi. Hozirda biz oʻtmishga nazar tashlab, bu vahiylarning aksariyat qismi amalga oshgan, deb ishonch bilan ayta olamiz.
Xullas, kitobning asosiy gʻoyasi quyidagilardan iborat: insoniyat taqdirini Xudo boshqaradi. Xudo shohliklarni qudratli qiladi, vaqti kelganda esa ularni magʻlub qiladi. Tarix sahnasiga chiqqan buyuk Bobil va Fors imperiyalari, yengilmas Iskandar Zulqarnayn hokimiyati va Rim hukmronligi keldi–yu–ketdi, Xudoning Oʻz xalqi orqali oʻrnatgan samoviy shohligi esa abadiy barqaror turibdi.


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:
← Oldingi bob / Keyingi bob

Doniyor va uning doʻstlari boshidan oʻtgan voqealar

(1:1-6:28)

Oʻspirinlar shoh Navuxadnazar saroyida

1 Yahudo shohi Yohayiqim hukmronligining uchinchi yilida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qoʻshin tortib kelib, shaharni qamal qildi.
2 Rabbiy Yohayiqimni Navuxadnazarning qoʻliga berdi. Navuxadnazar Xudoning uyidagi ayrim idishlarni oʻlja qilib, Bobil yurtiga olib bordi–da, idishlarni oʻz xudosining uyidagi xazinaga joylashtirdi.
3 U saroyning bosh mulozimi Ashnapazga shunday buyruq bergan edi: “Isroil xalqidan olingan asirlardan shoh va zodagonlarning oilalariga mansub boʻlgan
4 yigitlarni olib kel. Ular yosh, jismonan sogʻlom, xushqomat, zehni oʻtkir, qobiliyatli, farosatli, xullas, shoh saroyida xizmat qilishga layoqatli boʻlishsin. Sen ularga bobil tilini va adabiyotini oʻrgatishing kerak.5 Har kungi yegulik bilan sharob ularga mening dasturxonimdan berilsin. Ular uch yil taʼlim olishgach, mening huzurimda hozir boʻlishlari lozim.”
6 Tanlanganlarning orasida Yahudo qabilasidan boʻlgan Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyo ismli oʻspirinlar bor edi.
7 Bosh mulozim ularning ismlarini oʻzgartirib, Doniyorni — Beltashazar, Xanoniyoni — Shadrax, Mishailni — Meshax, Ozariyoni esa Abednaxu deb atadi.
8 Doniyor shohona yegulik va sharobdan bulgʻanishni xohlamadi. Bu taomlardan u voz kechmoqqa ahd qilib, bosh mulozimdan buning uchun ijozat soʻradi.
9 Xudoning irodasi bilan Doniyor bosh mulozimning muruvvatiyu iltifotiga sazovor boʻlgan edi.10 Ammo bosh mulozim Doniyorning taklifini eshitib lol qoldi va dedi: “Yoʻq, yegulik bilan ichimliklarni sizlarga shoh hazratlarining oʻzlari belgilaganlar. Hazratimning buyruqlaridan bosh tortishdan qoʻrqaman. Bordi–yu, koʻrinishlaring tengdoshlaringnikidan yomonroq boʻlsa, mening jonimni xavf ostiga qoʻygan boʻlasizlar.”
11 Keyin Doniyor bu masala xususida bosh mulozim tayinlagan soqchi bilan gaplashdi, chunki bu soqchi Doniyor va uning uch ogʻaynisi uchun masʼul bir odam edi. U soqchiga shunday dedi:
12 “Iltimos, qullaringizni oʻn kun davomida sinab koʻring. Bizga yegani sabzavot, ichgani suv bering.13 Keyin esa bizni shohona yegulikni yegan yigitlar bilan solishtirib koʻring, soʻng bilganingizni qilavering.”
14 Soqchi rozi boʻlib, ularni oʻn kun davomida sabzavotlar bilan boqdi.
15 Oʻn kun oʻtgach, ularning gavdalari toʻlishib, shohona yegulik yegan boshqa yigitlardan ancha koʻrkam boʻldi.16 Shunday qilib, soqchi ularning shohona yeguliklari va sharobini oʻziga olib qolib, ularga faqat sabzavotlar beradigan boʻldi.
17 Xudo bu toʻrtta yigitga adabiyot va falsafaning har sohasini fahmlamoq uchun bilim va isteʼdod bergan edi. Bundan tashqari, Doniyor turli xil vahiy va tushlarni taʼbirlash qobiliyatiga ega edi.
18 Shoh belgilagan muddat tugagach, bosh mulozim hamma yigitlarni Navuxadnazar huzuriga olib bordi.
19 Shoh ularning har biri bilan suhbatlashdi. Ular orasida hech kim Doniyor, Xanoniyo, Mishail va Ozariyoga teng kela olmasdi. Shuning uchun shoh ularni oʻz saroyida olib qoldi.20 Shoh qanday savol bermasin va qanday jumboqni yechishni soʻramasin, ularning bilimi va donoligi butun shohlikdagi folbinu munajjimlarnikidan oʻn barobar ziyoda edi.21 Doniyor saroyda shoh Kurush hukmronligining birinchi yiligacha xizmat qildi.
← Oldingi bob / Keyingi bob