PAVLUSNING
KOLOSALIKLARGA
MAKTUBI
Kirish
Mazkur maktub muallifi
havoriy Pavlusdir. Pavlus bu maktubini qamoqda boʻlgan paytda
1 Kolosa shahridagi imonlilar
jamoatiga yozgan. Bu shahar hozirgi Turkiya hududida, Efes shahrining sharqida joylashgan edi. Kolosadagi imonlilar jamoatiga Pavlus emas, balki Epafras ismli masihiy yetakchi asos solgan edi. Maktubda Pavlus Epafrasning ismini bir necha marta tilga olgan. Maktub yozilgan paytda Epafras Pavlus bilan birga edi.
Ushbu maktubda asosiy urgʻu Iso
Masihga berilgan. Pavlus Masihning shaxsiyati va U bergan najotning toʻliqligi haqida soʻz yuritadi, insoniy falsafaning puchligini koʻrsatadi. Muallif Masihni ulugʻlaydi, Uni turli tarzda: koʻrinmas Xudoning surati, dunyo yaratilmasdan oldin mavjud boʻlgan va butun borliqni asrab turgan Zot, jamoatning Boshi, ilohiy komillik namoyandasi, butun borliqni Xudo bilan yarashtirgan
Najotkor, deb taʼriflaydi. Pavlus Kolosalik imonlilarni Masihga umid bogʻlashga,
Xudo bilan birlikda, Unga boʻysungan holda yashashga chaqiradi.
Pavlusning maqsadi Kolosa jamoatidagi yolgʻon taʼlimotni fosh etish edi. U Kolosadagi imonlilarni ogohlantirib, diniy rasm–rusumlardan ehtiyot boʻlinglar, najot topish uchun oʻzingizni qiynoq–azoblarga solmanglar, quruq safsatalardan qochinglar,
farishtalarga sajda qilmanglar, deb nasihat qiladi. Najot topish uchun Masihga ishonishning oʻzi kifoya ekanligini oʻrgatadi.
Maktub soʻngida muallif masihiylarga nasihatlar va koʻrsatmalar beradi. Xudoning
sevgisi ularning kundalik hayotida, chunonchi, er–xotin munosabatlarida, ota–ona va farzandlar, xoʻjayin va qul munosabatlarida aks etishi kerakligini taʼkidlaydi.