…ochiqdan–ochiq oshkor boʻlib, hukm etiladiyunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida kuyib bitadi.
…Xudoning vaʼdasi amalga oshib, hamma narsa yangilanadiIshayo 65:17 ga qarang. Yana Rimliklar 8:19-21, Vahiy 21:1-5 ga qarang.
2Pet.1.13
Jude.1.17-Jude.1.18
Isa.5.19; Jer.17.15; Ezek.12.22
Gen.1.9; Ps.23.2; Ps.135.6
Gen.7.11; Gen.7.21
Ps.89.5
Hab.2.3; Isa.30.18; Ezek.18.23; Ezek.33.11; Rom.2.4; 1Tim.2.4; 1Tim.2.6
Matt.24.43; Luke.12.39; 1Thess.5.2; Ps.101.26-Ps.101.27; Isa.34.4; Isa.51.6; Mark.13.31
1Pet.1.15
Jude.1.21
Isa.65.17; Isa.66.2; Rev.21.1; Isa.60.21; Rev.21.27
Jas.1.27; 1John.5.18; 1Tim.5.22
Rom.2.4; Rev.2.21
Heb.5.10
Eph.4.15; Col.1.10; Col.2.19; Rom.11.36

BUTRUSNING

IKKINCHI MAKTUBI

Kirish

Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi havoriy Butrusdir. Butrus birinchi maktubida jamoat boshiga tushgan quvgʻinlar haqida yozib, imonlilarni bardoshli boʻlishga chaqiradi. Ikkinchi maktubida u soxta ustozlar dastidan jamoatda yuzaga kelgan ichki nizolar va axloqsizlik haqida soʻz yuritadi.
Butrus masihiylarni Xudoga munosib hayot kechirishga, imonni fazlu kamolot va ilmu maʼrifat bilan boyitishga chorlaydi. Masihiylarning fazilatlari va xislatlariga alohida urgʻu beradi.
Mazkur maktub yozilgan davrda imonlilar jamoati orasiga soxta ustozlar kirib olib, masihiylarni yoʻldan ozdirayotgan edi. Butrus oʻquvchilarni oʻshanday ustozlardan uzoqroq yurish haqida ogohlantiradi va oʻsha yolgʻonchilar albatta jazo olishlarini taʼkidlab oʻtadi.
Soxta ustozlar oxiratda oʻz jazosini olishga ishonmaganlari va Masihning kelishini rad etganlari bois, Butrus Rabbimizning keladigan kuni haqidagi mavzuni batafsil yoritadi. Shu bilan bir qatorda u Rabbimizning kelishiga koʻz tutgan odamlarga dalda beradi. Ularni begʻubor va benuqson hayot kechirishga, Xudoga sodiq qolishga va imonda kamol topishga chaqiradi.


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Isoning olamga kelishi muqarrardir

1 Ey azizlarim, bu mening sizlarga yozayotgan ikkinchi maktubimdir. Ikkala maktubimda ham sizlarda pok fikr uygʻotishga harakat qilib, oʻrganganlaringizni yodingizga solmoqchi boʻldim.
2 Xususan, Muqaddas paygʻambarlarning oʻtmishda aytgan soʻzlarini, shuningdek, Rabbimiz va najotkorimiz Isoning amrlarini eslashingizni istadim. Rabbimiz Iso bu amrlarni oldingizga borgan havoriylar orqali bergan.
3 Avvalo, shuni bilinglar: oxirgi kunlarda shunday mazaxchilar boʻladiki, ular chirkin ehtiroslariga berilib yashaydilar. Sizlarni mazax qilib,
4 shunday deydilar: “Rabbimiz Iso kelaman deb, soʻz bergan edi. Qani U?! Mana, ota–bobolarimiz dunyodan oʻtib ketganlaridan beri, hech narsa oʻzgarmadi. Dunyo bino boʻlganidan beri, hamma narsa shundayligicha turibdi.”
5 Ular haqiqatni rad etganlari uchun shunday gapiradilar, azalda Xudo yeru osmonni Oʻz kalomi orqali yaratganini ular inobatga olmaydilar. Oʻshanda Xudo yeru osmonni suvlar orasidan paydo qilgandi.
6 Soʻng esa Oʻz kalomi orqali qadimgi dunyoni oʻsha suvlar girdobiga choʻktirgandi.7 Hozirgi yeru osmonni esa Xudo Oʻz kalomi bilan qiyomat kunigacha asrab turibdi. Qiyomat kuni U hozirgi dunyoni olovga yem qilib, barcha betavfiqlarni halok etadi.
8 Ey azizlarim, Rabbimiz Isoning nazarida bir kun ming yil va ming yil bir kun kabidir, buni doim inobatga olinglar.
9 Baʼzilar Rabbimiz kelmayapti, bergan vaʼdasini bajarishga U kechikyapti, deb oʻylamoqda. Aslida unday emas, U sabr–toqat qilyapti, chunki hech kimning halok boʻlishini istamay, hammaning tavba qilishini xohlayapti.
10 Aslida, Rabbimiz Iso, oʻgʻri kelganday, nogahon kelib qoladi. Oʻsha kuni osmon guvullab yonib, gʻoyib boʻladi, samoviy jismlar olov taftidan kuyib ketadi, shunda yer va unda qilingan har bir ish ochiqdan–ochiq oshkor boʻlib, hukm etiladi.
11 Qiyomat kuni butun borliq yonib, yoʻq boʻlib ketar ekan, sizlar Xudoni mamnun qilishga jon kuydiringlar! Muqaddas hayot kechirishga jon–jahdingiz bilan harakat qilinglar.12 Xudoning kunini intizorlik bilan kutinglar, uning kelishini tezlashtiringlar! Oʻsha kuni osmon yonib, yoʻq boʻladi, samoviy jismlar olov taftidan erib ketadi.13 Shundan soʻng Xudoning vaʼdasi amalga oshib, hamma narsa yangilanadi. Ha, biz yangi yeru osmonga, adolat hukm suradigan dunyoga koʻz tikkanmiz.

Dalda va ogohlantirish

14 Ey azizlarim, sizlar yangi dunyoni kutar ekansiz, Xudo nazarida benuqson va begʻubor boʻlishga, U bilan totuv yashashga jon kuydiringlar.
15 Rabbimiz Isoning sabr–toqatini najot uchun imkoniyat deb bilinglar. Aziz birodarimiz Pavlus ham Xudoning bergan donoligi bilan sizlarga muqaddas hayot va Rabbimizning kelishi haqida yozgan.16 Pavlus barcha maktublarida bular haqida fikr yuritgan. Uning maktublaridagi tushunish qiyin boʻlgan baʼzi parchalarni uquvsiz va imoni sust kishilar buzib talqin qiladilar. Muqaddas bitiklarning boshqa joylarini ham buzib oʻrgatadigan bu kishilar oʻz boshini oʻzi yeydilar.
17 Ey azizlarim, sizlar bularning hammasini oldindan bilasizlar. Ehtiyot boʻlinglar, bu bebosh odamlarning soxta taʼlimotiga ishonib yoʻldan ozmanglar, qaroringizda sobit boʻlinglar.
18 Oʻz hayotingiz bilan Xudoni mamnun etinglar, Rabbimiz va najotkorimiz Iso Masihni yanada yaqinroq tanib–bilinglar. Hozirdan to abad Unga shon–sharaflar boʻlsin! Omin.