qoʻchqor shoxi — hayvonning ishlov berilgan shoxlaridan baʼzan idish sifatida foydalanilgan.
Oʻzlaringizni poklanglar… — diniy xizmatni lozim darajada bajarishga monelik qiladigan nopoklikdan tozalanish marosimi nazarda tutilgan.
1Sam.9.16; 1Sam.10.1
Job.1.5
1Sam.17.13; 1Chr.2.13-1Chr.2.15; 2Chr.11.19
1Kgs.8.39; Prov.21.2; Jer.11.20
2Sam.13.3; 2Sam.21.21; 1Chr.2.13; 1Chr.20.7
1Sam.10.1; Num.24.2
Judg.9.23
2Kgs.3.15

SHOHLAR

(BIRINCHI KITOB)

Kirish

“Shohlar (birinchi kitob)”da Isroil yurtida tuzumning oʻzgarishi, yaʼni xalqqa endi oldingidek hakamlar emas, balki shoh hukmronlik qilishi bilan bogʻliq boʻlgan voqealar bayon qilinadi. Xalqning soʻnggi hakami Shomuil paygʻambar, Isroilning birinchi shohi Shoul va Xudo tanlagan navbatdagi shoh Dovud kitobning bosh qahramonlaridir.
“Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ning asl nusxasi bitta ibroniycha kitob boʻlib, ikkala qismini bitta oʻramga joylash uzunlik qilgani uchun, kitob ikki qismga — “Shohlar (birinchi kitob)” va “Shohlar (ikkinchi kitob)”ga boʻlingan.
“Shohlar (birinchi kitob)”ning ilk qismida (1-7–boblar) Shomuil paygʻambarning hayoti toʻgʻrisida hikoya qilinadi. Shomuil Isroilga hujum qilayotgan gʻanimlarga qarshi jangda Isroil lashkariga yordam beradi. Lekin Shomuil keksaygach, lashkarga shoh yoʻlboshchilik qilsin deb, xalq Xudodan bir shoh soʻrashga qaror qilib, Xudoni ranjitadi. Chunki shu paytgacha Xudoning Oʻzi Isroil xalqining Shohi edi. Xalq Xudodan bir shoh soʻraganda esa, Isroil taxtiga inson oʻtiradi. Shunga qaramay, Xudo taxtga oʻtqazgan insonni vositachi sifatida ishlatib, Oʻzi xalqning haqiqiy Shohi boʻlib qolaveradi.
Kitobning ikkinchi qismida (8-15–boblar) Xudo Shomuilga Shoulni Isroilning birinchi shohi qilib tayinlash toʻgʻrisida amr beradi. Shoul va uning toʻngʻich oʻgʻli Yoʻnatan Ommon hamda Filist xalqlariga qarshi olib borgan koʻp janglarda gʻolib chiqadilar, lekin Shoul Xudoga chin dildan itoat etmaydi. Shoulning itoatsizligi oqibatida Xudo uni shoh sifatida rad etib, uning naslini Isroil taxtidan mahrum qiladi.
Kitobning uchinchi qismida (16-31–boblar) Xudo Shomuilga Dovud ismli yosh yigitni navbatdagi shoh qilib tayinlash toʻgʻrisida amr beradi. Kitobda yana Dovud bahaybat Filist jangchisi Goʻliyotni oʻldirgandan keyin tez orada milliy qahramon boʻlib ketgani toʻgʻrisida ham hikoya qilinadi. Dovud tobora obroʻ–eʼtibor orttirib boraveradi. Shoul esa Dovuddan shubhalanadi. Garchi Dovud Shoulning qizi Mixalga uylangan va Shoulning toʻngʻich oʻgʻli Yoʻnatan bilan qadrdon doʻst boʻlsa ham, Shoul Dovudni oʻldirish payiga tushadi. “Shohlar (birinchi kitob)”ning qolgan qismida Dovudning Shouldan qochib qutulgani va sahroda oʻzining kichik lashkariga yoʻlboshchi boʻlgani toʻgʻrisida hikoya qilinadi.
Kitob Shoul va uning uch oʻgʻli Filist lashkari bilan boʻlgan jangda halok boʻlgani toʻgʻrisidagi ayanchli voqealar bilan tugaydi. Tanlangan shohning muvaffaqiyati yoki magʻlubiyati Xudoga boʻlgan itoatkorligiga bevosita bogʻliq, degan gʻoya kitobda yaqqol sezilib turadi.


Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2020) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Egamiz Dovudga moy surtib shoh qilib tanladi

1 Egamiz Shomuilga aytdi:
— Sen qachongacha Shoulni deb gʻamgin boʻlib yurasan?! Shoul Isroil shohi boʻlmasin deb, uni Men rad etdim. Qani, endi qoʻchqor shoxini moy bilan toʻldirib, yoʻlga otlan. Seni Baytlahmlik Essayning uyiga joʻnataman. Men uning oʻgʻillaridan bittasini shoh qilib tanladim.
2 — Qanday qilib boraman?! Shoul eshitib qolsa, meni oʻldiradi–ku! — dedi Shomuil.
— Oʻzing bilan bitta buzoqchani olgin–da: “Egamizga qurbonlik qilgani keldim”, deb ayt, — dedi Egamiz.
3 — Essayni qurbonlikka taklif qil. Oʻshanda nima qilishing kerakligini Men senga ayon qilaman, Oʻzim senga koʻrsatadigan odamning boshiga Mening nomimdan moy surtib, uni tanlaysan.
4 Shomuil, Egamiz buyurganiday, Baytlahm shahriga ketdi. Shahar oqsoqollari uni qoʻrqib kutib olishdi va:
— Tinchlikmi? — deb soʻrashdi.
5 — Ha, tinchlik, — dedi Shomuil. — Egamizga qurbonlik qilgani keldim. Oʻzlaringizni poklanglar, men bilan qurbonlik marosimiga borasizlar.
Soʻng Essayni va uning oʻgʻillarini ham poklab qurbonlik marosimiga taklif qildi.
6 Essay oʻgʻillari bilan kelgach, Shomuil Eliyobni koʻrdi–yu: “Egamiz oldida turgan bu odam, shubhasiz, Uning moy surtib tanlagan odamidir”, deb oʻyladi.
7 Egamiz esa Shomuilga dedi:
— Uning chiroyi va qomatdorligiga qarama. Men uni rad etdim, chunki Men insonlarday emasman. Insonlar tashqi koʻrinishiga qaraydi, Men esa diliga qarayman.
8 Soʻng Essay boshqa oʻgʻli Abunadavni chaqirib, Shomuilning oldidan oʻtkazdi. Lekin Shomuil:
— Egamiz buni ham tanlamadi, — dedi.
9 Shundan soʻng Essay Shammoxni Shomuilning oldidan oʻtkazdi. Lekin u yana:
— Egamiz buni ham tanlamadi, — dedi.
10 Shu tariqa Essay yettala oʻgʻlini Shomuilning oldidan oʻtkazdi. Ammo Shomuil:
— Egamiz bulardan birortasini tanlab olmadi, — dedi.
11 Nihoyat Shomuil Essaydan:
— Oʻgʻillaringning hammasi shularmi? — deb soʻradi.
— Yana eng kenjasi bor, qoʻy boqyapti, — dedi Essay.
— Birortasini joʻnat, uni chaqirib kelsin, — dedi Shomuil. — Oʻsha oʻgʻling bu yerga kelmaguncha, taom yemoqqa oʻtirmaymiz.
12 Essay bittasini yuborib, oʻgʻlini chaqirtirib keldi. U chiroyli, kelishgan yigit boʻlib, koʻzlari yonib turardi.
— Qani, uning boshiga moy surtib tanla! Men tanlagan odam shu! — dedi Egamiz Shomuilga.
13 Shomuil moy solingan shoxni oldi–da, akalarining koʻz oʻngida yigitning boshiga moy surtdi. Oʻsha paytda Egamizning Ruhi Dovudni qamrab oldi va oʻsha kundan boshlab uni boshqaradigan boʻldi. Shomuil esa Ramaga qaytib ketdi.

Dovud Shoulning saroyida

14 Egamizning Ruhi Shoulni tark etdi. Egamiz yuborgan yovuz ruh uni qiynar edi.
15 — Bilamiz, Xudo yuborgan yovuz ruh sizni qiynaydi, — deyishdi xizmatkorlar Shoulga.
16 — Janobi oliylari biz, qullariga amr bersalar, lirani yaxshi chaladigan odamni topib kelar edik. Xudo yuborgan yovuz ruh sizni tutib qolganda, u lira chaladi, siz esa yengil tortasiz.
17 Shoul xizmatkorlariga:
— Mayli, lirani yaxshi chaladigan birortasini topib, mening huzurimga olib kelinglar, — deb buyurdi.
18 — Baytlahmlik Essayning oʻgʻillaridan birini koʻrgan edim, — dedi yigitlardan bittasi. — Lirani yaxshi chalar ekan. Buning ustiga, jasur jangchi, gaplari maʼnili, oʻzi ham kelishgan yigit. Egamiz u bilan.
19 Shoul Essayga: “Qoʻy boqib yurgan oʻgʻling Dovudni mening huzurimga yubor”, deb xabarchi joʻnatdi.
20 Essay non, bir mesh sharob va bitta uloqchani bitta eshakka yuklab berib, oʻgʻli Dovudni Shoulning huzuriga yubordi.21 Dovud Shoulning huzuriga kelib, uning xizmatiga kirdi. Dovudga Shoulning qattiq mehri tushib qoldi, uni oʻziga qurolbardor qilib oldi.22 Shoul Essayga: “Ijozat bersang, Dovud mening xizmatimda qolsin, undan juda mamnunman” degan xabarni joʻnatdi.
23 Oʻsha kundan boshlab Xudo yuborgan yovuz ruh Shoulni qiynaganda, Dovud lirani olib chalar, Shoul oʻziga kelib rohatlanar, yovuz ruh Shouldan chekinardi.