Muallif bu oʻrinda Hikmatlar 3:34 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
Silasyunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Silvanus. Silas ilk jamoatning yetakchisi boʻlib, havoriy Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safarida unga hamroh edi (Havoriylar 15:22, 32, 36-41 ga qarang).
BobilEski Ahd davrida Bobil shahri qudratli imperiyaning poytaxti edi. Xudoning xalqi u yerga surgun qilingan. Ushbu kitob yozilgan paytda imonlilar Bobil nomini baʼzan Rimga nisbatan ishlatar edilar. Rim oʻsha davrda hukmron boʻlgan imperiyaning poytaxti edi. Butrus bu nomni ramziy maʼnoda ishlatayotgan boʻlishi mumkin. Anʼanaga koʻra, Butrus umrining soʻnggi yillarini Rimda oʻtkazgan va oʻsha yerda imoni uchun qatl qilingan.
Mark — Mark bayon etgan muqaddas Xushxabarning muallifi. Mark havoriy Butrusning hamkori boʻlgan va uning taʼlimoti va vaʼzlariga asoslangan holda Xushxabarni bayon qilgan. U Quddus shahridan edi (Havoriylar 12:12, 25, 13:5, 15:37-39, 2 Timoʻtiy 4:11 ga qarang).
Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin.
Luke.24.48; Rom.8.17
John.21.16-John.21.17; Acts.20.28; 1Tim.3.8; Titus.1.7
Matt.20.25-Matt.20.26; Phil.3.17; 2Thess.3.9; 1Tim.4.12; Titus.2.7
Ps.22.1; Ps.79.2; Isa.40.11; Ezek.34.11-Ezek.34.15; Eccl.12.12; John.10.11; Heb.13.20; 1Cor.9.25
Prov.3.34; Jas.4.6
Ps.36.5; Matt.6.25; Phil.4.6
Mark.13.33-Mark.13.34; 1Pet.5.8; Eph.6.18; 1Thess.5.6; Job.1.6; Job.2.2; 2Cor.2.11; Eph.6.11
Jas.4.7; Acts.14.22; 1Thess.3.3
2Tim.2.10
1Pet.4.11
Acts.15.22; Acts.15.40; 1Thess.1.1; 2Thess.1.1
Acts.12.12; Acts.13.5; Acts.15.37
Rom.16.16
Mundarija
Lugʻat

Kirish

Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi havoriy Butrusdir. Butrus ushbu maktubini Rim imperiyasiga qarashli toʻrtta viloyatda1 yashagan, jamiyat tomonidan ayovsiz taʼqib qilingan masihiylarga yozgan. Birinchi asrda masihiy boʻlish degani, albatta, quvgʻinlarga duchor boʻlib, har xil azoblarga bardosh berib yashash degani edi.
Muallif oʻz maktubida oʻsha imonlilarga dalda va tasalli beradi. Quvgʻinlarga qaramay, ularni imonda sobit turishga undaydi. U Xudoning mehribonligi haqida soʻz yuritadi. Iso Masihning oʻlimi va tirilishi tufayli masihiylar bebaho umidga sazovor boʻlganlari haqida bayon qiladi. Soʻng ular jamiyatda oʻzlarini qanday tutishlari kerakligini aytadi, Rabbimiz haqi davlat rahbariga va boshliqlarga boʻysunish kerakligini ularga uqtiradi. Muallif imonlilarning butun eʼtiborini Masihga qaratadi, Uning boshdan kechirgan azoblari haqida soʻz yuritar ekan, imonlilarni Masihdan ibrat olishga, yomonlikka yomonlik qaytarmay, hammani duo qilishga chaqiradi.


1Rim imperiyasiga qarashli toʻrtta viloyat1:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
Muqaddas Kitob
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob/lotin
Muqaddas Kitob (2016) Zamonaviy oʻzbek tilidagi tarjima, izohlar va qoʻshimcha maʼlumotlar ilova qilingan. Mazkur nashr Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti tomonidan Oʻzbekiston Bibliya jamiyati bilan hamkorlikda tayyorlangan

ISBN 978-5-93943-213-9

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016



Creative Commons: by-nd: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Oqsoqollarga va yoshlarga nasihat

1 Ey jamoat oqsoqollari, endi sizlarga bir nasihatim bor. Men ham sizlarga oʻxshagan oqsoqolman. Masih chekkan azoblari haqida shahodat beruvchi va Uning zohir boʻladigan ulugʻvorligining ishtirokchisi sifatida men sizlardan oʻtinaman:
2 Nazoratingizdagi Xudoning suruvini yaxshi boqinglar. Bu xizmatni majburiyat yuzasidan emas, balki chin koʻngildan, Xudoga manzur tarzda bajaringlar. Shunchaki pulparastlik maqsadida emas, samimiyat bilan ijro etinglar.3 Qoʻlingiz ostidagi suruvga oʻz hukmingizni oʻtkazmay, ularga oʻrnak boʻlinglar.4 Ana shunda, Bosh Choʻponimiz — Masih zohir boʻlganda, sizlarga soʻlmas, ulugʻvorlik toji beriladi.
5 Ey yoshlar, oqsoqollarga itoat etinglar. Hammangiz — yoshmisiz, qarimisiz, oʻzingizni kamtar tutib, bir–biringizga xizmat qilinglar. Zero, “Xudo magʻrurlarga qarshi chiqadi, kamtarlarga esa inoyat koʻrsatadi.”
6 Shunday ekan, Xudoning qudratli qoʻli ostida oʻzingizni past tutinglar. U Oʻz vaqtida sizlarni yuksaltiradi.7 Barcha tashvishingizni Xudoga topshiringlar, chunki U hamisha sizlarga gʻamxoʻrlik qiladi.
8 Hushyor va bedor boʻlinglar! Dushmaningiz boʻlgan iblis sherday boʻkirib, birovni yutib yuborish uchun izgʻib yuribdi.
9 Iblisga mustahkam imon bilan qarshi turinglar. Shuni bilinglarki, butun dunyodagi imonli birodarlaringiz sizlar kabi, azoblarga duchor boʻlmoqdalar.10 Garchi sizlar bu qisqa hayotda azob chekib yashasangizlar ham, Xudoning Oʻzi sizlarga madad berib, barchangizni barkamol, sabotli, kuch–qudratli va mustahkam qiladi. Axir, inoyatga boy Xudo Iso Masih orqali sizlarni Oʻzining abadiy ulugʻvorligiga sherik qilish uchun daʼvat etgan.11 Qudratli Xudoga abadulabad hamdlar boʻlsin. Omin.

Soʻnggi salomlar

12 Men bu qisqa maktubimni Silasning yordami bilan yozdim. Uni ishonchli birodar deb bilaman. Maktubimda sizlarga nasihat qilib, Xudoning haqiqiy inoyati haqida yozdim. Imonda sobit qolishingiz uchun Uning bu inoyatiga tayaninglar.
13 Sizlar kabi Bobildagi tanlangan imonlilar jamoati va menga oʻgʻilday boʻlib qolgan Mark sizlarga salom yoʻllamoqdalar.
14 Bir–biringizga mehr–muhabbat koʻrsatib, oʻpishib koʻrishinglar. Masihga tegishli boʻlgan hammalaringiz tinch–omon boʻlinglar.