Ezek.1.28; Rev.1.16; Matt.17.2; Rev.1.15
Rev.10.8-Rev.10.10
Joel.3.16; Amos.1.2
Dan.8.26; Dan.12.4; Dan.12.9; Rev.22.10
Gen.14.22
Rev.4.9; Rev.4.11
Rev.11.15; Amos.3.7
Ezek.2.8; Ezek.3.1-Ezek.3.3; Jer.15.16
Ezek.37.4
Injil
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob
Injil (2008) O‘zbek tilidagi tarjima, Ibtido, Zabur, Yangi Ahd va lug‘at ilova qilingan. Muqaddas Kitob Tarjima qilish Instituti, O‘zbek tilidagi Injil (2008).

ISBN 978-5-93943-118-7

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2008



Copyrighted: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Farishta va kitobcha

1 Men osmondan tushayotgan, bulutga burkangan kuchli boshqa bir farishtani ham ko‘rdim. Uning boshi uzra kamalak bor edi. Yuzi quyoshday yaltirar, oyoqlari olov ustunlariday lovullab turar edi.
2 Uning qo‘lida ochilgan bir kitobcha bor edi. U o‘ng oyog‘ini dengiz ustiga, chap oyog‘ini esa yer yuziga qo‘yganicha,3 arslon bo‘kirganday kuchli ovoz bilan hayqirdi. U hayqirgan mahalda yettita momaqaldiroq ham o‘z tovushlari bilan gapga kirdi.4 Yettita momaqaldiroq o‘zicha gapira boshlaganda, men yozmoqchi bo‘ldim. Lekin osmondan:
– Yettita momaqaldiroqning gaplarini yozma, muhrlab sir saqla! – degan tovush eshitdim.
5 Dengiz va yer yuzida turgan, men ko‘rgan farishta o‘ng qo‘lini osmonga ko‘tardi.6 Osmon va undagi borliqni, yer va ustidagi borliqni, dengiz va ichidagi borliqni yaratgan, abadulabad barhayot bo‘lgan Parvardigor haqi qasam ichib, farishta dedi:
– Endi muhlat uzaymaydi.
7 Mana, yettinchi farishta karnay chalib ovoz beradigan kunlarda, Xudo O‘z qullari – payg‘ambarlarga ma’lum qilgan O‘zining sirli murod-maqsadini butkul amalga oshirgay.
8 Osmondan eshitilgan ovoz menga yana gapirib:
– Bor, dengiz va yer ustida turgan farishtaning qo‘lidagi ochiq kitobchani ol, – dedi.
9 Men farishtaning yoniga borib:
– Kitobchani menga bergil, – dedim. Farishta menga:
– Kitobchani olib, uni yegin! Qorningda bir taxirlik hosil qiladi, ammo og‘zing asalday shirin bo‘ladi, – dedi.
10 Men kitobchani farishtaning qo‘lidan olib yedim. Og‘zim asaldek shirin bo‘ldi. Ammo uni yeganimdan keyin qornim achishib ketdi.11 So‘ngra farishta menga:
– Sen yana ko‘p xalqlar, millatlar, tillar va podshohlar haqida bashorat qilishing kerak, – dedi.