Job.38.4-Job.38.7; Ps.32.6; Ps.135.5; Isa.42.5; Isa.45.18; John.1.1-John.1.3; Acts.14.15; Acts.17.24; Col.1.16-Col.1.17; Heb.1.10; Heb.11.3; Rev.4.11
Jer.4.23
2Cor.4.6
Job.37.18; Ps.135.5; Jer.10.12; Jer.51.15
Prov.8.27-Prov.8.29; Ps.148.4
Job.38.8-Job.38.11; Ps.32.7; Ps.135.6; Jer.5.22; 2Pet.3.5
Ps.103.14
Jer.10.2; Ezek.32.7-Ezek.32.8; Joel.2.30-Joel.2.31; Joel.3.15; Matt.24.29; Luke.21.25; Ps.103.19
Deut.4.19; Ps.135.7-Ps.135.9
Jer.31.35
Ps.103.25-Ps.103.26
Gen.8.17; Gen.9.1
Gen.3.22; Gen.11.7; Isa.6.8; Gen.5.1; Gen.9.6; 1Cor.11.7; Eph.4.24; Col.3.10; Jas.3.9; Gen.9.2; Ps.8.7-Ps.8.9; Jas.3.7
Gen.2.18; Gen.2.21-Gen.2.23; Gen.5.2; Mal.2.15; Matt.19.4; Mark.10.6
Gen.9.1; Gen.9.7
Gen.9.3; Ps.103.14-Ps.103.15; Ps.144.15-Ps.144.16
Ps.146.9
Eccl.7.29; 1Tim.4.4
Injil
http://ibt.org.ru/muqaddas-kitob
Injil (2008) O‘zbek tilidagi tarjima, Ibtido, Zabur, Yangi Ahd va lug‘at ilova qilingan. Muqaddas Kitob Tarjima qilish Instituti, O‘zbek tilidagi Injil (2008).

ISBN 978-5-93943-118-7

© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2008



Copyrighted: © Институт перевода Библии; Информацию о лицензии этого издания можно найти здесь: https://wiki.creativecommons.org/images/d/d4/Attribution_3.0_%D0%A1%D0%A1_BY-ND_rus.pdf

Муқаддас Китобни таржима қилиш институти
Институт перевода Библии, 101000 Москва, Главпочтамт, а/я 360
ibt_inform@ibt.org.ru
Orqaga
Yopish
:

Dunyoning yaratilishi

1 Azalda Xudo osmon bilan yerni yaratdi.
2 Yer hali shaklsiz va bo‘m-bo‘sh bo‘lib, tubsizlik uzra qorong‘ilik hukm surar edi. Xudoning Ruhi esa suv yuzida parvoz etar edi.
3 Xudo: «Yorug‘lik bo‘lsin», – dedi va yorug‘lik paydo bo‘ldi.4 Xudo yorug‘likning yaxshi ekanini ko‘rib, uni qorong‘ilikdan ajratdi.5 Shunday qilib, Xudo yorug‘likni kunduz, qorong‘ilikni esa tun deb atadi. Kech bo‘ldi, erta bo‘ldi – bu birinchi kun edi.
6 Yana Xudo: «Suvliklar o‘rtasida ularni bir-biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo‘lsin», – dedi.7 Shunday ham bo‘ldi. Xudo bir gumbazni vujudga keltirib, gumbaz ostidagi suvni gumbaz ustidagi suvdan ajratdi.8 Ushbu gumbazni esa Xudo osmon deb atadi. Kech bo‘ldi, erta bo‘ldi – bu ikkinchi kun edi.
9 Yana Xudo: «Osmon ostidagi suv bir joyga to‘plansin, quruqlik ko‘rinsin», – dedi va shunday ham bo‘ldi.10 Xudo quruqlikni yer deb atadi, suvlarning jamini esa dengizlar deb atadi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko‘rdi.
11 Yana Xudo: «Yer o‘simlik ko‘kartirsin: urug‘ beradigan o‘t-o‘lanlar, mevasida urug‘i bor turli-tuman mevali daraxtlar yer yuzida unib-o‘ssin», – dedi va shunday ham bo‘ldi.12 Yer turiga ko‘ra o‘simliklarni: urug‘ beradigan o‘t-o‘lanlar hamda mevasida urug‘i bor mevali daraxtlarni undirdi. Xudo bularning ham yaxshi ekanini ko‘rdi.13 Kech bo‘ldi, erta bo‘ldi – bu uchinchi kun edi.
14 Yana Xudo: «Kunni tundan ajratish hamda fasllar, kunlar, yillarni belgilash uchun osmon gumbazida yoritqichlar paydo bo‘lsin.15 Bular yer yuzini yoritmoq uchun osmon gumbazida nur sochib tursin», – dedi va shunday ham bo‘ldi.16 Shunday qilib, Xudo ikkita katta yoritqichni: kunni boshqarish uchun kattaroq yoritqichni va tunni boshqarish uchun kichikroq yoritqichni, shuningdek, yulduzlarni ham vujudga keltirdi.17-18 Yer yuzini yoritib tursin va tun bilan kunni boshqarib, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratib tursin, deb Xudo bularni osmon gumbazida joylashtirdi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko‘rdi.19 Kech bo‘ldi, erta bo‘ldi – bu to‘rtinchi kun edi.
20 Yana Xudo: «Suv to‘da-to‘da jonivorlar bilan qaynasin, yer ustidagi osmon gumbazi bo‘ylab qushlar uchsin», – dedi.21 Xudo haybatli dengiz ajdarlarini, suvda qaynaydigan turli-tuman mayda jonivorlarni hamda qush-parrandalarni yaratdi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko‘rdi.22 Xudo ularni muborak qilib: «Barakali bo‘linglar, ko‘payinglar, dengiz suvlarini to‘lg‘azinglar. Yer yuzida esa parranda ko‘paysin», – dedi.23 Kech bo‘ldi, erta bo‘ldi – bu beshinchi kun edi.
24 Yana Xudo: «Yer turli-tuman tirik jonni: chorva, sudraluvchi hamda yovvoyi hayvon turlarini hosil qilsin», – dedi va shunday ham bo‘ldi.25 Xudo yerga xos turli-tuman yovvoyi hayvonlarni, chorvani, quruqlikda sudraluvchilarni vujudga keltirdi. Bularning ham Xudo yaxshi ekanini ko‘rdi.
26 Yana Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», – dedi.27 Shunday qilib, Xudo odamni O‘z suratida, ilohiy suratda yaratdi. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi.28 Xudo odamlarni muborak qilib, ularga: «Barakali bo‘linglar, ko‘payinglar. Yer yuzini to‘lg‘azib tobe qilinglar. Dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar hamda yer yuzida harakatlanuvchi barcha hayvonlar ustidan hokim bo‘linglar», – dedi.
29 Xudo davom etib: «Mana, Men sizlarga butun yer yuzidagi urug‘ beradigan o‘t-o‘lanning va urug‘li meva beradigan daraxtning hammasini berdim; sizlarga ovqat uchun yaraydi.30 Shuningdek, tirik joni bo‘lgan butun yovvoyi hayvonlarga: ko‘k yuzida uchib yuruvchi barcha parrandalarga va yer yuzida harakat qiluvchi barcha maxluqlarga ham yemish uchun ko‘k o‘tning har turli navini berdim», – dedi va shunday ham bo‘ldi.
31 Xudo butun yaratganlariga qarab, hammasining juda yaxshi ekanini ko‘rdi. Kech bo‘ldi, erta bo‘ldi – bu oltinchi kun edi.